Dunyo IT bozori tendentsiyalari

Dunyo IT bozori tendentsiyalari

TrendForce tahliliy kompaniyasi 2022 yilda axborot texnologiyalari sanoatining turli segmentlarida özini namoyon qilişi kutilayotgan asosiy tendentsiya prognozini taqdim etdi.

Micro LED va mini LED displeylarni işlab çiqişda faol matritsali yeçimlarga eʼtibor qaratiladi.

2022 yilda micro LED va mini LED displeylarni yaratişda faol matritsali yeçimlarga eʼtibor qaratiladi, biroq texnik muammolarning köpligi sababli bunday displeylarni işlab çiqariş hali ham ança qimmatga tuşadi.

Eng ilğor AMOLED texnologiyasi va displey ostidagi kameralar smartfon inqilobini keltirib çiqaradi.

AMOLED panellarining asosiy xususiyati oğirlik va energiya tejamkorligiga ega buklanadigan konstruktsiyaga egaligi bilan ajralib turadi. TrendForce buklanadigan telefonlar 2022 yilda 1 foiz, 2024 yilda esa 4 foizdan köproqni taşkil etadi deb hisoblamoqda.

Yarimötkazgiç işlab çiqarişda 3 nm standartlarni işlab çiqiş hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi.

TrendForcening taxmin qilişiça,  TSMC kompaniyasi  FinFET tranzistor texnologiyasidan foydalanişni davom ettiradi Samsung esa  GAAga ötadi.

DDR5 xotirasini ommaviy işlab çiqarişga start beriş.

Uçta dominant DRAM sotuvçisi (Samsung, SK Hynix va Micron) nafaqat keyingi avlod DDR5 mahsulotlarini ommaviy işlab çiqarişni bosqiçma-bosqiç boşlaydi, balki 5G smartfonlariga bölgan talabga javoban smartfon bozoriga LPDDR5 kirib borişini oşirişda davom etadi. Saqlaş interfeyslari nuqtai nazaridan, tahlilçilar PCIe Gen4 larning bozor uluşi 2022 yilda isteʼmolçi şaxsiy kompyuter segmentida keskin ösişini kutişmoqda. Server segmentida, PCIe Gen4 ni qöllab-quvvatlovçi Intel Eagle Stream protsessorlari ommaviy işlab çiqarişga kirganda, uşbu interfeysni qöllab-quvvatlovçi mahsulotlar ham böladi.

Mobil operatorlar 5G SA tarmoqlari va past keçikişli ilovalarni segmentlaş uçun köproq pilot loyihalarni işga tuşirişadi.

2022 yilga kelib, korxonalar ehtiyojlariga javoban, yirik va muhim IoT ilovalari paydo böladi. Xususan, IoT ning muhim ilovalariga telemeditsina, yöl harakati xavfsizligi va sanoatni avtomatlaştiriş kiradi.

Sunʼiy yöldoş aloqasi

Sunʼiy yöldoş operatorlari LEO sunʼiy yöldoş bozorida raqobatlaşadilar va 3GPP özining Release 17 Protocol Coding Freeze standartida yer usti bölmagan tarmoqlarni öz içiga oladi.


Raqamli işlab çiqariş

Aqlli zavodlar raqamli tizimlarni erta qabul qilgan bölsa-da, TrendForce IoT texnologiyalari "metaborliq" ning asosiga aylanişini kutmoqda.

2022 yilda IoT ning rivojlanişi oqibatida  5G texnologiyani öz içiga olgan CPS (kiberfizik tizimlar)ga eʼtibor qaratiladi, negaki ular prognozlaş uçun ulkan maʼlumotlar oqimlaridan qimmatlilarini ajratib oladi va tahlil qiladi.

Avtomatlaştirilgan avtoturargoh

Tahlilçilarning fikriga köra, avtonom haydaş texnologiyasining davomçisi sifatida avtomatlaştirilgan töxtaş joyi 2022 yilda yuqori darajadagi avtomobillar uçun juda qimmatli qöşimça böladi.

×