Toşkentdagi «Abu Saxiy» bozori xodimlari va bozor hududida savdo qiluvçi tadbirkorlar orasida virusga çalinganlar aniqlangani tufayli bozor vaqtinça yopildi. Bu haqda Çilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«6 iyul kuni yurtimizda koronavirus infektsiyasining tarqalişini oldini oliş maqsadida ötkazilayotgan rejali profilaktik tadbirlar davomida Çilonzor tumanida joylaşgan Tashkent Trade Center (Abu Saxiy) savdo markazi maʼmuriyati işçilari va bu yerda faoliyat körsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infektsiyasiga namuna olindi.
Test tahlillari natijasiga köra, bir neça xodimlarda koronavirus infektsiyasi borligi aniqlandi.
Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazi mutaxassislari xulosasiga köra, Tashkent Trade Center savdo markazi profilaktika tadbirlarini ötkaziş uçun vaqtinça yopildi», deyiladi xabarda.
Maʼlumot uçun, Soğliqni saqlaş vazirligi 29 iyun kuni ham «Abu Saxiy» savdo markazi xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandi, ammo savdo markazi faoliyati davom ettirilayotgandi.









