“Flydubai” Dubay-Namangan yönalişida muntazam parvozlarni boşladi

“Flydubai” Dubay-Namangan yönalişida muntazam parvozlarni boşladi

Birlaşgan Arab Amirliklari aviakompaniyasining Dubay-Namangan yönalişidagi ilk reysi 25 sentyabrga ötar keçasi Namangan xalqaro aeroportiga kelib qöngan. Boeing 737 havo kemasi yigirmaga yaqin yölovçini Namanganga olib kelgan va u yerdan Dubayga 189 kişini olib ketgan.


Dubay-Namangan yönalişidagi pavozlar haftaning çorşanba va şanba kunlari, Namangan-Dubay yönalişidagi reyslar esa payşanba va yakşanba kunlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Maʼlumot örnida, bugungi kunda “Flydubai” Toşkent va Samarqandga muntazam aviaqatnovlarni amalga oşirib kelmoqda.


×