Sönggi 5 yilda IT-mutaxassisning örtaça maoşi 15 baravar oşdi

Sönggi 5 yilda IT-mutaxassisning örtaça maoşi 15 baravar oşdi

«Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktsiyasi» MÇJ (IT-Park) direktori Farhod Ibragimov IT sohasidagi mutaxassislar soni, ularning maoşi, eksport hajmi va rezidentlar haqida maʼlumot berdi.

IT Parkda rezidentlik yönalişi böyiça 2021 yil yakunlari sarhisob qilindi. Quvonarli fakt şundaki, rezidentlar 2017 yilda 147 tani taşkil qilgan bölsa, 2021 yilga kelib ularning soni 523 taga yetdi. Korxonalarning 82 foizi Toşkent şahrida joylaşgan. Viloyatlarda esa, afsuski, atigi 92 ta kompaniya mavjud.

2019 yilda biz IT-taʼlim yönalişini ham IT Park rezidenti maqomini oliş uçun ruxsat etilgan faoliyat turlari qatoriga qöşdik. Uşbu qaror bizga 2021 yilda taʼlim yönalişida 70 ta rezidentga ega böliş imkonini berdi.

Bugungi kunda Rezident kompaniyalarda 9850 nafar mutaxassislar hamda 7400 nafar dasturçilar faoliyat yuritmoqda, holbuki, ularning soni 2017 yilda 2523 nafar edi.

Bundan taşqari, 2017 yilda Özbekistonda IT-mutaxassisning örtaça maoşi 700 ming sömni (64,5 dollar) taşkil etgan bölsa, bugungi kunda örtaça iş haqini 10 million söm (921 dollar) deb hisoblaş mumkin.

Rezidentlar tomonidan körsatilgan xizmatlar hajmi esa 2,542 trillion söm yoki 234,2 million dollarga, eksport hajmi 46 million dollarga yetdi.

Biroq biz bu bilan töxtamoqçi emasmiz. 2022 yilda eksport hajmini 80 million dollarga, 2025 yilda esa 500 million dollarga yetkazişni rejalaştirganmiz.

Agar sizda IT-kompaniyangiz bölsa va Özbekistonda IT-sanoati rivojiga hissa qöşişni, şuningdek, soliq va bojxona imtiyozlariga ega bölişni istasangiz, unda IT Park’ga xuş kelibsiz!

×