“Özavtosanoat” “rastamojka” narxi osmondaligini tan oldi

“Özavtosanoat” “rastamojka” narxi osmondaligini tan oldi

Özbekistonda avtomobil importi uçun boj stavkalarini qayta körib çiqiş kerak. Bu haqda “Özavtosanoat” rahbari örinbosari Azizbek Şukurov  mamlakatda ulov importi uçun boj yuqori ekanini tan olgan holda aytib ötgan.

Aytiş joizki, iqtisodçi Yuliy Yusupovning avtomobil sanoatidagi monopoliyaning oqibatlari haqidagi maqolasida avtomobil importi uçun tösiqlardan biri mahalliy sertifikatlaştiriş ekanligini, qöyilgan bojxona tölovlaridan voz keçiş kerakligini, sertifikatlaş narxlari juda qimmatligi, şuningdek “UzAuto Motors” AJ isteʼmolçilarning manfaatlariga tajovuz qilişi haqida fikrlarni keltirib ötgan.

Azizbek Şukurov esa maqoladagi uşbu fikrlarga yuzasidan özining Linkedin’dagi sahifasida yozgan postida iqtisodçiga bir neçta savollar bilan yuzlangan. Bular:

  • Dunyoning qaysi mamlakatidagi avtomobil sanoatida sertifikatsiya talablari mavjud emas?
  • Sizning-ça “sertifikatning xalqaro tan olinişi” nimani anglatadi?
  • Jismoniy şaxslar tomonidan avtomobillarni olib kirişda iqlim sinovlari ötkazilmasligini bilasizmi?
  • “Özavtosanoat”dagi korruptsiyalar böyiça sizda faktlar bormi?

Qolaversa, Şukurov postida “UzAuto Motors” AJ tomonidan işlab çiqarilgan avtomobillar narxi General Motors işlab çiqaradigan avtomobillardan pastligini taʼkidlagan. 

“Masalan, Koreyada Chevrolet Spark  8 000 dollar va undan yuqori, Nexia Misrda 11 000 dollar,  Cobalt Braziliyada taxminan 15 000 dollar va undan yuqori”, deb yozgan u.

Maʼlumot uçun, Özbekistonda “UzAuto Motors” AJ monopoliyasi sönggi vaqtlarda ayniqsa keskin tanqid qilinmoqda. Bunga kompaniya isteʼmolçilarga avtomobillarni vaqtida yetkazib bera olmayotgani yetmagandek, endi magnitolasiz yetkazib berayotgani sabab bölmoqda. Bu hali hammasi emas, “UzAuto Motors” eng ommabop modellar uçun şartnomalar tuzişni töxtatib qöygan.

×