Yangi Zelandiyadagi Otago Universiteti olimlari “Lox-Ness maxluqi” borasida ötkazilgan öz tadqiqotlari natijasini eʼlon qilişdi. Tadqiqot muallifi genetik Nil Gemmelning aytişiça, Lox-Ness kölida yaşaşi daʼvo qilingan jonzotning heç qanday izi topilmagan. Bu haqda Yangi Zelandiyadagi 1 NewsNow naşrixabar bermoqda.
Genetik öz tadqiqotini ötgan yili boşlagan, u Lox-Ness kölidan topilgan barça DNK namunalarini örganib çiqib, suv havzasining bioxilmaxillik xaritasini tuzgan. Uning sözlariga köra, tadqiqot boşlanguniça olimlar jamoasida kölda haligaça öşa afsonaviy maxluq yaşayotganini isbotlaşi daʼvo qilingan 4 mingga yaqin nazariya bölgan. Tadqiqot jarayonida olimlar bu nazariyalarning barçasini rad etişgan, faqat bitta nazariya qolgan.
Gemmelning taʼkidlaşiça, olimlar kölning turli nuqtalaridan 250 dan ortiq suv namunalarini olişgan. Unda yaşovçi barça jonzotlar teri qoldiği, tana pöstloği, tezak yoki peşob tarzida öz DNKsini qoldirgan. Genetiklar bu suv namunalarni örganib, 500 milliondan ortiq genlarni aniqlaşgan. Ularning hammasi qayta tahlil qilingan, mavjud maʼlumotlar bazasi bilan soliştirilgan. Iş natijalariga köra olimlar şunday xulosaga kelişdi: afsonaviy maxluqni körganini daʼvo qiluvçilar aslida yirik ilon bilan töqnaş kelgan. Olimlar töplagan maʼlumotlarda baliqlarning hajmi haqida heç qanday gap yöq, ammo Gemmelning hisoblaşiça, Lox-Nessda yaşovçi ilonning uzunligi 1,8 metrga yetadi.
Lox-Ness maxluqi (Nessi) – şotland afsonasiga köra Lox-Ness kölida yaşovçi ulkan jonzot. Bu jumboqli maxluq haqidagi ilk qaydlar VI asrga tegişli bölib, uning mavjudligi borasida guvohlik beradigan ilk hujjat General Ueyd kölning janubiy qirğoğida yöl qurdirgan davrga, XVIII asrga tegişli. Maxluq mavjudligi haqidagi nazariya tarafdorlaring köpçiligi u pleziozavrning sudralib yuruvçi şakli bölgan, deb hisoblaydi. Biroq ötgan yillarda olib borilgan kuzatuvlarda bu maxluqning mavjudligini tasdiqlovçi bironta aşyoviy dalil, yoki uning jasadi topilmadi.









