Könglingdagini sezadigan robot!

Könglingdagini sezadigan robot!

Şu paytgaça zavodlarda robotlar xodimlardan ayro holda işlaganlar, endi esa ularni hamkoru hamnafaslikda mehnat qilişga örgatişmoqçi.

Xitoylik olimlar sanoat robotlarini yaratib, ularni taʼsirçan datçiklar orqali işçilarga ulaş niyatida. Bu ularga maxsus operatsiyalar payti asboblar yoki biror yordamga bölgan ehtiyojni payqaşda yordam beradi. Natijada mehnat unumdorligi oşadi.

Xavfsizlik tizimlari işçining soğliğini xatarga qöysa, robot qurilmalarni darhol blokka tuşiradi. Robot xodimning keyingi harakatlarini başorat qila oladi va kerakli yordamni beradi. Bunda taşqi kameralar va aqlli tizimlardan foydalaniladi.

Şunday qilib, zavodda robot işçining öng qöliga aylanadi va uning fikrlarini uqiy oladi. Bu konveyr faoliyatini rivojlantirişda muhim omildir.

2025 yilga borib Xitoy robot işlab çiqariş böyiça dunyo yetakçisiga aylanişi kutilmoqda. Ayni payt mamlakatda 10 000 işçiga 246 ta robot töğri keladi. Kelajakda Xitoydagi yirik zavodlarning 70 foizdan ortiği robotlar xizmatidan foydalanadi, degan taxminlar bor.

×