Xitoy elektromobillarni özi topib, quvvatlantiruvçi avtonom robot işlab çiqaradi (foto)

Xitoy elektromobillarni özi topib, quvvatlantiruvçi avtonom robot işlab çiqaradi (foto)

Şanxaydagi AIWAYS mobil aloqa provayderi Yevropa va Xitoyda elektromobillarni quvvatlantirişga möljallangan CARL avtonom roboti yaratiş uçun yettita patent oldi, deb yozadi CARakoom.

Patentlar robot konstruktsiyasi va tez quvvatlantiriş usuliga birdek taalluqli.

Işlanma amaliyotga joriy etilganidan söng robotni mobil dastur orqali çaqiriş imkoniyati yaratiladi. Robot elektromobil qayerda turganini özi aniqlaydi, keyin esa avtomatik tarzda unga ulanadi. Avtomobilning egasi jarayonda umuman qatnaşmasa ham böladi.

CARL istalgan turdagi elektromobilni tez quvvatlantira oladi. 30 va 60 kVt quvvatga ega CARL akkumulyatorni 50 daqiqadan kamroq vaqt içida 80 foizgaça quvvatlantiradi. Bu esa xususiy va korporativ elektromibillar egalari, şuningdek, infratuzilma işlab çiqaruvçilari va operatorlarga ham qöl keladi.

«Endi haydovçilar quvvatlantiriş stantsiyasini izlab yurişi şart emas, uning özi elektromobilni topib oladi. Biz elektromobillardan foydalanişni sodda, qulay va yoqimli qilmoqçimiz», — deydi AIWAYS firmasi rahbari örinbosari.

CARL elektromobilni GPS maʼlumotlari orqali topadi. U avtomobilni quvvatlantirib bölganidan keyin navbatdagi mijozga xizmat körsatişga yöl oladi yoki öz stantsiyasiga qaytadi.

Foto: CARakoom
Foto: CARakoom
Foto: CARakoom
Foto: CARakoom
Foto: CARakoom
×