Özbekiston Respublikasi Fan arbobi, akademik, köplab şogirdlarning ustozi Baxtiyor Nazarov 2022 yil 18 yanvar kuni uzoq davom etgan xastalikdan söng vafot etdi.
Baxtiyor Nazarov 1945 yili Toşkent şahrida tuğilgan. Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994).
Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969-72; 1979-83), direktor (1986—90), bölim mudiri (1996 yildan), Özbekiston Fanlar akademiyasi Boş ilmiy kotibi örinbosari (1973— 79), vitse-prezident vazifasini bajaruvçi (1999—2000), Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatçisi (1990—92), Oliy va örta maxsus taʼlim vazirining birinçi örinbosari (1992—94), «Özbek tili va adabiyoti» jurnalining boş muharriri (1986-94) bölib işlagan.
Baxtiyor Nazarovning ilmiy işlari 20-asr özbek adabiyoti taraqqiyoti, xususan, tanqidçilik va adabiyotşunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bağişlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati örganilgan. Oybekning 20 jildli Mukammal asarlar töplamini naşrga tayyorlaşda katnaşgan.
Milliy istiqlol ğoyasi bilan suğorilgan, yangi tipdagi darsliklar (örta maktabning 9, 11-sinflari uçun «Özbek adabiyoti», oliy maktab uçun «XX asr özbek adabiyoti tarixi»)ning mualliflaridan biri.
«Namanganliklar.Uz» jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.









