Özbekistonning harbiy dronlari borligi maʼlum böldi (video)

Özbekistonning harbiy dronlari borligi maʼlum böldi (video)

Özbekistonda zamonaviy texnologiyalar asosida uçuvçisiz uçiş apparatlari işlab çiqarilayotgani maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, «LOÇIN» nomli yangi va zamonaviy mazkur apparat Markaziy Osiyoda ilk bora Özbekistonda işlab çiqarilişi yölga qöyilgan.

Milliy brend ostida işlab çiqilgan samolyot va kvadrokopter turidagi «Loçin» uçuvçisiz uçiş apparati bir qança maqsadlarda foydalanişga möljallangan bölib, razvedka qiliş, zarba beriş, real vaqt rejimida kuzatiş, maʼlumot oliş, artilleriya öt oçiş jarayonini boşqariş kabi vazifalarni bajariş bilan bir qatorda, qişloq xöjaligi, neft-gaz, örmon xöjaligi, temir yöllar, geologiya, qidiruv sohalarida kartografiya, topogeodeziya, ekinlarni defoliatsiya qiliş, qöriqxonalarni, yöllarni, ijtimoiy infratuzilma hamda muhim obʼektlarni kuzatib boriş va boşqa maqsadlarda foydalaniş imkoniyatini beradi.

×