Singan, qulagan, buzilgan. Özbekistonda qança yaroqsiz köprik borligi maʼlum böldi

Singan, qulagan, buzilgan. Özbekistonda qança yaroqsiz köprik borligi maʼlum böldi

Özbekistonda 5 ming 952 ta taʼmirtalab, 914 ta yaroqsiz köprik bor. Bu haqda bugun, 2 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan brifingda “Özyölinspektsiya” Matbuot xizmati rahbari Komil Şamsiddinov maʼlum qildi. 

“Avtomobil yöllaridagi sunʼiy inşootlarning holati qayta xatlov ötkaziş natijalariga köra, Respublika böyiça jami 14534 ta köprik va yöl ötkazgiçlar mavjud bölib, şundan 7668 tasi qoniqarli, 5952 tasi taʼmirtalab va 914 tasi yaroqsiz holatda ekanligi aniqlandi”, deydi Komil Şamsiddinov.

Taʼkidlanişiça, hozirda taʼmirtalab va yaroqsiz xoldagi inşootlarni taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş böyiça qisqa muddatli manzilli röyxatga takliflar kiritilgan.

Şuningdek, yöl quriliş obʼektlarida va yöl qurilişi materiallari işlab çiqarişda qöpol ravişda qoidabuzilişlarga yöl qöygan va davlat inspektorlari tomonidan berilgan körsatmalarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan mansabdor şaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 99 va 147-modallari asosida tegişli çoralar qöllangan. Xususan, 184 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, sud organlariga yuborilgan va bugungi kunda sudlar tomonidan 157 tasi böyiça 192 mln 18 ming söm undirilgan.

×