Joriy yilda 2022 yilga möljallangan stipendiyalar tanloviga buyurtmalar portfelini şakllantiriş maqsadida respublikadagi 140 dan ortiq vazirlik, idora va taşkilotlarning Jamğarmaning xorijda taʼlim oliş dasturlariga bölgan real ehtiyoji örganib çiqilgan.
Taʼlim dasturlari kesimida jami 2068 öringa, jumladan bakalavriatga 253 örin, magistraturaga 1259 örin va doktoranturaga 556 öringa ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan.
Mazkur ehtiyojlardan kelib çiqib, Vasiylik kengaşining 2021 yil 29 noyabrdagi 8-son bayoni bilan xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida taʼlim oliş uçun 2022 yilga möljallangan stipendiyalar kvotasi 420 örin etib tasdiqlangan.
Mazkur kvotalar Jamğarma dasturlari kesimida quyidagi körinişda eʼlon qilinmoqda. Jumladan, bakalavriatga 120 örin, magistraturaga 180 örin va doktoranturaga 120 örin ajratilgan. "El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan 2022 yil uçun xalqaro tan olingan reyting agentliklari tomonidan örganilgan dunyodagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boşqa muassasalar, işlab çiqariş, innovatsion kompaniyalar va boşqa taşkilotlarning röyxati Jamğarma rasmiy veb saytida eʼlon qilindi.
Jamğarma Vasiylik kengaşining 2021 yil 27 dekabrdagi 9-son bayoniga asosan Jamğarmaning 2022 yilgi 1-stipendiya tanlovini taşkil etiş va ötkaziş maqsadida Vasiylik kengaşi tomonidan nomzodlar hujjatlarini qabul qiliş va saralaş tanlovini ötkaziş muddatlarini, saralaş tanlovi ötkaziş komissiyasi tarkibi va uning iş tartibini belgilandi.
Şu bilan birga, 2021 yil 21 dekabrda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bölgan şaxslarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bandligiga kömaklaşiş hamda ijtimoiy faolligini yanada oşirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi
PQ-57-sonli qarori 6-bandiga muvofiq 2020 yildan boşlab har yili tanlov asosida tanlab olingan 20 nafargaça nogironligi bölgan iqtidorli yoşlarning ilğor xorijiy davlatlarda, şu jumladan, onlayn kurslarida taʼlim olişini taşkil etişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Stipendiyaga nomzodlar hujjatlarini qabul qiliş joriy yil
10 yanvardan 10 fevralga qadar, saralaş tanlovini ötkaziş esa 10 fevraldan 10 martga qadar amalga oşiriladi hamda stipendiya tanlovlarida Özbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyati va öqiş joyidan qatʼi nazar oçiq va barça uçun yagona tartibda iştirok etiş uçun barça şaroitlar yaratiladi. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qiliş “El-yurt umidi” jamğarmasi rasmiy veb-sayti orqali elektron şaklda va onlayn rejimida amalga oşiriş çoralari körildi.
Jamğarma tomonidan 2021 yilda ötkazilgan tanlovlar natijalariga köra jami 371 nafar nomzodlar “Jamğarma stipendiati” deb eʼtirof etilgan bölib, bugungi kun holatiga ularning 303 nafari Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Belgiya, Latviya, AQŞ, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belorussiya kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlariga taʼlim oliş uçun yuborilgan.
2022-2026 yillar davomida Jamğarma taʼlim dasturlari böyiça xorijga taʼlim oliş uçun yuboriladigan yoşlar va mutaxassislar soni yildan-yilga oşirilib, 2021 yildagi 350 nafar örindan 2026 yilga kelib 700 nafarga yetkaziş belgilanmoqda.









