Joriy yilning 12 aprel kuni IIO xodimining köpçilikda salbiy fikr va eʼtirozlar uyğotgan videotasviri internet tarmoqlarida tarqaldi. Namangan viloyati IIB ÖXB tomonidan mazkur holatni örganiş mobaynida 11 aprel kuni Namangan şahar Xalq bankida işlovçi fuqaro Koronavirus pandemiyasi böyiça topşirgan tahlil natijalariga köra unda mazkur virus alomatlari bor deya gumon qilingan edi, bank xodimi 1 apreldan 11 aprelga qadar Namangan şahrining 6ta mahallasida istiqomat qiluvçi nafaqa oluvçilarga pul tarqatganligi bois, uşbu hududlarda infektsiya tarqalişini oldini oliş maqsadida şahar IIO FMB xodimlaridan iborat 6ta guruh tuzilib, nafaqa olgan fuqarolarni xonadonlarini karantin nazoratiga oliş, ularga tuşuntiriş işlari olib boriş böyiça amaliy iş taşkil etildi. Biroq uşbu tadbirga jalb etilgan Namangan şahar böyiça IIO FMB 4-son IIB xodimi özi biriktirilgan ştabda tibbiy kiyim va tibbiy niqobda turgan holatida özini guruh aʼzolari bilan birga videotasvirga olib, tasvir davomida Namangan viloyati hududida karantin holati eʼlon qilinganligini bila turib, aholi orasida vahima çiqaruvçi hamda bank xodimiga nisbatan obrösizlantiruvçi va asossiz maʼlumotlarni sözlab, jami 39 soniyali videotasvirni telegram ijtimoiy tarmoği orqali tanişiga yuborgan.
Aniqlangan holat yuzasidan viloyat IIB ÖHB tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi hulosasiga köra, uşbu xodim “Içki işlar organlarida xizmat ötaş tartibi töğrisida”gi nizom talablarining 144-bandi “i”, “k” kiçik bandlariga muvofiq xizmat intizomini qöpol ravişda buzganligi hamda içki işlar organi xodimining şaʼniga putur yetkazuvçi xatti-harakatlar sodir etganligi uçun IIO xizmatidan böşatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









