Özbekiston Qurolli Kuçlarini taşkil etilganligiga 30 yil tölişi munosabati bilan Namangan şahar mudofaa işlari bölimida Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi A.Safayev tomonidan davra suhbati ötkazildi.
Tadbir davomida A.Safayev har qanday davlatning mustaqilligini birinçi navbatda uning öz armiyasi himoya qilişi kerakligi, şu bois Özbekiston mamalakati Mustaqilligining dastlabki kunlarida – 1991 yil 6 sentyabrda Özbekiston Mudofaa işlari vazirligi taşkil etilgan eʼtirof etdi.
1992 yil 14 yanvar kuni esa mamlakat hududidagi barça harbiy qism va bölinmalarini Özbekiston yurisdiktsiyasiga ötkaziş töğrisida qaror qabul qilindi. Özbekiston Mudofaa vazirligi, hamda Özbekiston qurolli kuçlari taʼsis etilişining asosiy maqsadi – mudofaadir, deya eʼlon qilingan.

Qurolli Kuçlarni izçil isloh etiş davomida printsipial yangi taşkiliy-ştat tuzilmalarini, harbiy boşqaruv tizimlarini, turli qöşin turlari harakatlarini muvofiqlaştiriş va ularning hamkorligini taʼminlaş mexanizmlarini şakllantiriş, harbiy xizmatçilarning professional tayyorgarligini va ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni tubdan yaxşilaş böyiça kölami va maʼno-mazmuniga köra ulkan va beqiyos işlar amalga oşirildi.
Dunyodagi vaziyat şiddat bilan özgarib, xavfsizlikka nisbatan tahdid va xatarlar tobora kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda Qurolli Kuçlarni modernizatsiya qiliş va ularning jangovar tayyorgarligini, mamlakatga qarşi qaratilgan har qanday tajovuzga öz vaqtida va munosib zarba beriş qobiliyatini oşirişni taʼminlaş alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Yadroviy texnologiyalar va ommaviy qirğin qurollarining tarqaliş xavfi, tobora kuçayib borayotgan qarama-qarşilik, siyosiy va diniy radikalizm va ekstremizm, jumladan Özbekiston çegaralariga bevosita yaqin hududlarda mojarolarning davom etayotgani, keskinlikning yanada ortib borayotgani jahon hamjamiyatida haqli ravişda xavotir uyğotmoqda. Bugungi kunda dunyoda kiberjinoyatçilik, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda salbiy informatsion taʼsir ötkaziş kabi xalqaro xavfsizlikka nisbatan ilgari körilmagan xavf-xatarlarning avj olayotganiga real haqiqatdir va har qanday mamlakatning qurolli kuçlari bunday xavf-xatarlarga munosib javob qaytariş uçun tayyor bölişi kerak.
Özbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi töliq qayta işlab çiqilganligi, Qurolli Kuçlar qurilişining taşkiliy tizimi yanada takomillaştirilganligi, Qurolli Kuçlar akademiyasi taşkil etilganligi, havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuçlari qöşinlari optimallaştirilganligi, Qurolli Kuçlarimizning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi real oşirilganligi, harbiy sanoat majmuasi barpo etilganligi, qöşinlarimiz zamonaviy qurol-yaroğ va harbiy texnika bilan taʼminlanganligi hamda harbiy xizmatçilarni ijtimoiy himoya qiliş yana kuçaytirilganligi, bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarini Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng qudratli bölib şakllanişiga zamin yaratdi.

Özbekiston heç qanday harbiy-siyosiy bloklarga qöşilmagan. Özining yengilmas va mustahkam armiyasiga egadir.
Mamlakatimiz çegaralari töliq himoya qilingan. Özbekiston biror bir davlatning içki işlariga aralaşmaslik, ularga uruş oçmaslik pozitsiyasida qatʼiy turadi. Mamlakatimiz fuqarolari millati, dini va eʼtiqodidan qatʼiy nazar armiyamizga işonadi va uni doimo qöllab-quvvatlaydi.
Namangan viloyat sudi sudyasi A.Qöçqorov









