JAHON FUTBOLI: Messi öyindan çetlatildi, Saloh esa musobaqadan çiqib ketdi

JAHON FUTBOLI: Messi öyindan çetlatildi, Saloh esa musobaqadan çiqib ketdi

Keça tunda qiziqarli futbol uçraşuvlari ötkazildi. Amerika Kubogida bronza medali egasi maʼlum böldi, Afrika Millatlar Kubogida esa nimçorak öyinlari ötkazildi.

Eʼtiborli jihati, Amerika Kubogida bu yilgi bahslarda argentinaliklar özlariga nisbatan adolatsizlik yuz berayotganligini boşidan taʼkidlaşib kelişgandi, yakunda esa ular öz sözlarida turişdi. Töğri, Argentina termasi uçinçi örin uçun keçgan bahsda Çili termasi ustidan işonarli ğalabaga sazovor bölişdi, raqiblarini 2:1 hisobida taslim etgan holda musobaqaning bronza medallarini qölga kiritişdi.

Uçraşuvning 12-daqiqasida Messining çiroyli pasidan söng Serxio Aguero hisobni oçdi. Keyin Paulo Dibala jamoadoşlarining ikkinçi golini kiritdi. Ikkinçi bölim boşlarida esa Arturo Vidal penaltini aniq amalga oşirib, hisobni qisqartirdi va öyin uşbu natija bilan yakunlandi.

Biroq Messining maydondan çetlatilganligi ular uçun adolatsizlikning yana bir körinişi böldi. Öyinning 37-daqiqasida Lionel Messi va çililiklar yarim himoyaçisi Gari Medel örtasida kiçik töqnaşuv yuz berdi. Bunda töpga yeta olmagan Messi raqibini qöli aralaş yelkasi bilan turtib yuborgandi, bunga javoban Medel Messiga oçiqdan oçiq “hujum qildi”. Natijada uçraşuv boş hakami Mario Alberto Dias de Vivar öylanib ötirmay, har ikkalasiga ham qizil kartoçka körsatdi. Bundan norozi ikki jamoa vakillari öz futbolçisini himoya qilişga harçand urinişmasin, öyin bir neça daqiqalarga çözilsada boş hakamning qarori qatʼiy böldi. Bundan jiddiy ranjigan Leo hatto taqdirlaş marosimiga ham çiqişni öziga ep körmadi.

Amerika Kubogi-2019. 3-örin uçun öyin:

ARGENTINA – ÇILI - 2:1

Gollar: Aguero (12), Dibal (22) – Vidal (59,pen).

Argentina: Armani, Otamendi, Talyafiko, Petstselya, Foyt, Paredes, de Paul, Lo Çelso (Funes Mori, 90), Aguero (Suares, 81), Dibala (Di Mariya, 67), Messi.

Çili: Aryas, Isla, Dias, Xara (Maripan, 50), Bosejur, Vidal, Arangis (Kastilo, 83), Sançes (Fernandes, 17), Pulgar, Vargas, Medel.

Ogohlantirişlar: Bosejur (16), Vidal (26), Pulgar (45), Petstselya (57), Paredes (63), Foyt (79), Talyafiko (90).

Çetlatiş: Medel (37), Messi (37).

Keça şuningdek, Afrika Millatlar Kubogining nimçorak finalidan örin olgan ikki öyin ötkazildi. Misr hamda JAR örtasidagi bahsda mezbonlar kiçik hisobda ğalaba qozonişdi va Saloh jamoadoşlarini musobaqani erta tark etişlarini “taʼminlaşdi”. Uçraşuvdagi yagona golni 85-daqiqada Tembinkosi Lorç kiritdi. Endi JAR çorak finalda Nigeriya termasiga qarşi bahs olib boradi.

Ikkinçi öyinda Nigeriya Kamerun termasiga qarşi harakat qildi. Qiziqarli, şu bilan birga murosasiz keçgan bahsda nigeriyaliklar raqiblarini 3:2 hisobida mağlub etişdi.

Afrika Millatlar Kubogi-2019. Nimçorak final:

MISR – JAR - 0:1

Gol: Lorç (85).

Misr: El-Şenavi, Aşraf, Hegazi, El-Din, Al-Muhammadi, El-Nenni (Soliman, 83), Hamid, El-Said (Uarda, 64), Trezege, Saloh, Muhsin (Ali, 46).

JAR: Uilyams, Tau, Xlatsvayo, Xlanti, Ferman (Kekana, 90), Mkxize, Mokojo, Mkxvanazi, Zungu, Lorç (Veldveyk, 90), Motiba.

Ogohlantirişlar: Xlanti (44), Aşraf (68), Zungu (79), Xlatsvayo (90).

NIGERIYA – KAMERUN - 3:2

Gollar: Igalo (19, 63), Ivob (66) – Baoken (41), NʼJi (44).

Nigeriya: Akpeyi, Ayna, Trost-Ekong, Avazem, Omeruo, Etebo, Ivobi (Balogun, 90), Ndidi, Saymon (Çukvueze, 60), Igalo (Onuaçu, 85), Musa.

Kamerun: Onana, Oyongo, Ngade-Ngajui, Banana, Fe, Kunde (Zua, 87), Manjek (Zambo-Angissa, 62), Şupo-Moting, Bassogog, Baoken, NʼJi (Toko-Ekambi, 70).

Ogohlantirişlar: Kunde (28), Manjek (51), Avazem (70).

×