Rossiyada uşlangan şaxs Özbekistonga olib kelindi

Rossiyada uşlangan şaxs Özbekistonga olib kelindi

1987 yil Surxondaryo viloyatida tuğilgan «J.X.» 2016-2021 yillarda mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar ölkasida işlaşi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya davlati hududidagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik guruhi aʼzolari bilan muloqotga kirişib, ularning taʼsiriga tuşib qoladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada «J.X.» ekstremistik oqimlar va terroristik taşkilotlar ğoyaviy rahnamolarining «jihod»ga çorlovçi materiallarini özining yaqin tanişlari orasida tarğib qila boşlaydi.

Şuningdek, u jangarilar safiga qöşiliş maqsadida Suriyaga ketmoqçi bölgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida uşlanib, Özbekistonga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

×