MAQSADIMIZ – OILALARNI MUSTAHKAMLAŞ

MAQSADIMIZ – OILALARNI MUSTAHKAMLAŞ

Namangan şahar “Diyor” va “Sardoba”  mahalla fuqarolar yiğinlarida Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi A.Safayev mahalladagi notinç oilalarni yaraştiriş va oiladagi notinçlik oqibatida huquqbuzarliklar va jinoyatlar kelib çiqişini oldini oliş çoralari mavzusida davra suhbati ötkazdi.

Davra suhbatida, Konstitutsiyamizning 63-moddasida Oila  jamiyatning  asosiy  böğini ekanligi  hamda  jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega ekanligi alohida eʼtirof etilib, Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan nikohdan ajratişga oid işlar böyiça qonunçilikni qöllaş amaliyoti töğrisida”gi qarorida  sudlarga oilani mustahkamlaş, er-xotinlar va ular farzandlarining qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini himoya qilişdan kelib çiqqan holda nikohdan ajratiş haqidagi işlarni fuqarolik işlarining eng muhim turkumlaridan biri deb hisoblaş va bunday işlarni körişga eʼtiborni kuçaytiriş majburiyati yuklatilganligi taʼkidlandi.

Yoş oilalarning va voyaga yetmagan farzandlari bölgan er-xotinlarning nikohlarini mustahkamlaşga va ularning barqarorligini saqlab qolişga sudlarning alohida eʼtiborlarini qaratişlari lozim.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi respublika sudlarining faoliyatini Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib çiqqan holda oilani har tomonlama himoyalaşga, bolalarni Vatanga va oilaga sadoqat ruhida ijtimoiy tarbiyaga mos holda, oila va jamiyat oldida javobgarlik hissida tarbiyalaşga qaratilganligini tuşuntirib ötildi.

Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40-moddasi talabiga köra, nikohdan ajratiş haqidagi işlar sudda er yoki xotinning arizasiga binoan daʼvo işlarini hal qiliş uçun belgilangan tartibda köriladi.

Nikoxdan ajratiş haqidagi işni körişda sud er-xotinni yaraştiriş va oilaviy vaziyatni soğlomlaştiriş çoralarini körişga majbur.

            Er-xotinni yaraştiriş çoralarini körişda sud taraflarning yoki ulardan birining iltimosiga yoxud öz taşabbusiga köra işning körilişini boşqa vaqtga qoldirişga va er-xotinga yaraşişlari uçun Oila kodeksining 40-moddasida körsatilgan doirada, yaʼni olti oygaça bölgan  muhlat belgilaşga haqli.

            Sud yaraştiriş uçun berilgan muddatda, er-xotinni yaraştiriş maqsadida ajrim nusxalarini ular yaşaydigan hududdagi mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimiga, mahalla fuqarolar yiğiniga muhokama qiliş va yaraştiriş uçun yuborişi lozim.

            Namangan viloyati sudi nikohdan ajratiş haqidagi işlarni körişda aynan mana şu tamoyillarga asoslangan holda hamda Namangan viloyati, tuman va şahar hokimliklari, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari  va mahalla faollari bilan hamkorlikda iş yuritmoqda.

Viloyatimizda sudlarning hal qiluv qarorlari asosida nikohdan ajratiş belgilangan işlarning soni 2021 yilda 2020 yilga nisbatan
birmunça oşgan.

2021 yilda Namangan şahrida bir qator huquqiy tadbirlar ötkazildi. Ajraliş arafasida turgan köplab er-xotinlarni yaraştirişga erişdik. Ammo 2021 yilda Namangan şahrida nikohdan ajraliş holatlari kamaymagan. Bu borada hamkorlikdagi işlarimizni yanada kuçaytirişimiz va asosiy eʼtiborni oilalardagi muhitni yaxşilaşga qaratişimiz lozim.

Şu bilan birga er-xotinlarlarga nikoh şartnomasini tuzişlarini yuzasidan maslahatlar berildi. Nikohlanuvçi şaxslarning yoki er va xotinning nikohda bölgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovçi kelişuvi nikoh şartnomasi deb hisoblanadi.

Mazkur şartnomani tuziş orqali er-xotin özining  mulkiy huquqlari himoyasini kafolatlaydi. Nikoh şartnomasining tuzilişi nikoh tugatilgandan keyin ham sobiq er-xotinlar örtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solişda muhimdir.  Yaʼni, şartnomada mulkiy munosabatlarga oid qoidalarning batafsil aks ettirilişi keyinçalik yuzaga keladigan mulk bilan boğliq nizolar, kelişmovçiliklarni sudgaça, tinç yöl bilan hal etiş imkoniyatini yaratib, sudlaşib yurişning oldi olinadi.

Oçiq muloqot çoğida fuqarolardan kelib tuşgan savollarga A.Safayev tomonidan batafsil javoblar berildi.

Sardor Jöraboyev
Viloyat sudining sudyasi

×