Oliy Majlis Qonunçilik palatasida qöşilgan qiymat soliği böyiça qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi va ikkinçi öqişda körib çiqilib, qabul qilindi. Bu haqda deputat Rasul Kuşerbayev xabar berdi.
Eslatib ötamiz, 2021 yilning 30 aprelida Şavkat Mirziyoyev Soliq kodeksiga özgartişlar kiritiş töğrisidagi qonunni imzolagandi. Hujjatda bir qator oziq-ovqat mahsulotlari qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinişi nazarda tutilgan.
Natijada Özbekiston hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek, soya danagini olib kiriş, ösimlik yoğini (paxta yoğidan taşqari) işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça aylanma 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgaça qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilindi.Uznat bolşeReklamani yopiş
2021 yilning dekabrida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev uşbu imtiyozlar muddati yana 4 oyga uzaytirilişi mumkinligini maʼlum qilgandi. 23 dekabr kuni parlamentga hukumat tomonidan kiritilgan qonun loyihasida aynan şu taklif inobatga olingan.
«Öylaymanki, hukumat tomonidan körilayotgan uşbu fiskal çoralar bozorlarimizda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini nafaqat barqaror saqlaşga, balki ularni pasaytirişga hamda aholini uşbu mahsulotlarga bölgan talabini tölaqonli qondirişga xizmat qiladi», — degan edi deputat.
Demak, uşbu qonun loyihasiga asosan 2022 yil 30 aprelga qadar bölgan davrda quyidagilar QQSdan ozod qilinadi:
- Özbekiston hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek soya danagini olib kiriş;
- ösimlik yoğini (paxta yoğidan taşqari) işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça aylanma;
- göşt (mol, qöy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni söyişdan olingan mahsulotlarni, kartoşkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qiliş böyiça aylanma, şuningdek, ularni Özbekiston hududiga olib kiriş.
Rasul Kuşerbayevning taʼkidlaşiça, uşbu qonunni qabul qiliş davlat byudjetining 800 milliard söm atrofida daromadlari yöqolişiga olib keladi. Yöqotilgan summani soliq va bojxona maʼmurçiligini takomillaştiriş, şuningdek, alohida imtiyozlarni bekor qiliş böyiça takliflar hisobiga qoplaş közda tutilmoqda.
Bundan avval Özbekistonda ösimlik yoği, göşt, un va sovun 2022 yil 31 dekabrga qadar bojxona bojidan ozod etilgandi.









