Töqayev namoyişçilarni ogohlantirmasdan otişga buyruq berdi

Töqayev namoyişçilarni ogohlantirmasdan otişga buyruq berdi

Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev xalqqa murojaati çoğida terrorçilarni ogohlantirmasdan öldiriş uçun öt oçişga buyruq berganini aytdi. 

“Qaroqçilar qölidan nafaqat maʼmuriy binolar, balki tinç aholining şaxsiy mulki ham jabr kördi. Men halok bölganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiraman”, degan siyosatçi. 

Uning sözlariga köra, töqnaşuvlarda yuzlab odamlar jarohatlangan. Töqayevning taʼkidlaşiça, rasmiylar namoyişçilarning tinç şaklda bildirilgan barça talablarini eşitgan. Şu bilan birga, hukumat terrorçilar bilan muzokaralar olib boriş niyatida emas. 

“Xorijda tomonlarni muammolarni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça muzokaralar ötkazişga çaqiriqlar qilinmoqda. Qanday ahmoqlik, jinoyatçilar va qotillar bilan muzokaralar qanday bölişi mumkin”, deya qöşimça qilgan Töqayev. 

Taʼkidlanişiça, vaziyat barqarorlaşgani sari mamlakat rahbariyati hududlarda favqulodda holat rejimini bosqiçma-bosqiç olib taşlab, internetni tiklaydi. 

Töqayevning sözlariga köra, “kim taslim bölmasa, yöq qilinadi”. Mamlakat rahbariyatiga köra, birgina Olma-otaga 20 ming bandit hujum qilgan. 

Qözğatuvçilar, Qozoğiston davlati rahbarining sözlariga köra, “çet ellik şaxslar” bölgan. Töqayev harbiy yordam sörab qilgan murojaatiga “juda tez, eng muhimi, örtoqlik munosabati bilan javob bergan” Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga minnatdorlik bildirgan.

Qozoğistonning amaldagi davlat rahbari namoyişçilarni terrorçilar deb atamoqda. Şu bois u Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotini yordamga çaqirdi. Biroq bugungaça Qozoğistondagi namoyişlarni taşqi kuçlar taşkil etgani va ularda xalqaro terrorçilar va xalqaror terrorçilik guruhlariga aʼzolar aniqlagani haqida rasmiy maʼlumotlar mavjud emas.

×