Oliy sud binosida 66 yoşli fuqaro vafot etdi

Oliy sud binosida 66 yoşli fuqaro vafot etdi

Bugun, 3 avgust kuni Oliy sudning kutiş zalida 66 yoşli fuqaro vafot etdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, 1957 yilda tuğilgan fuqaro M.A. Oliy sudning Fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati kassatsiya instantsiyasida soat 09:15 dagi sud majlisiga daʼvogar sifatida kelgan. 

Sud majlisi öz vaqtida boşlangan bölib, kotib taraflarni sud zaliga taklif etiş uçun kutiş xonasiga çiqqanida M.A. bexuş holda yotganini körgan. Şu zahoti barça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilib, şoşilinç tez tibbiy yordam xodimlariga xabar berilgan. 

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan M.A. hayotdan köz yumgani aniqlangan.

Ularning bergan birlamçi xulosaga asosan fuqaro M.A.ning ölimiga ötkir yurak yetişmovçiligi sabab bölgan.


×