Avvalroq Namanganliklar.uz kanalimizda tarqalgan video böyiça, IIV tomonidan munosabat berildi. Içki işlar vazirligi «Gazeta.uz»ga tibbiy niqob taqiş majburiyati bekor qilinmaganligini maʼlum qildi. Xodimning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
30 dekabr kuni Namanganliklar.uz Telegram kanalimizda Yöl harakati xavfsizligi xodimining niqob taqiş majburiyati bekor qilinganini aytgan videosi eʼlon qilindi.Videoda YHX xodimi nima uçun niqob taq masdan yurganligi böyiça berilgan savolga «maska „otmen“ bölgan, 1 noyabrdan otmen bölgan», deya javob bergan.«Gazeta.uz» uşbu holat böyiça Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şoxrux Ğiyosovdan izoh söradi.Uning maʼlum qilişiça, tibbiy niqobni taqiş majburiyati Koronavirusga qarşi kuraş böyiça Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bekor qilinmagan.«Yöl harakati xavfsizligi xodimining harakatlariga tegişli huquqiy baho beriladi», — dedi IIV matbuot kotibi.









