Toşkentda ikki bosqinçi soxta $40 mingga “kvartira” sotib oldi

Toşkentda ikki bosqinçi soxta $40 mingga “kvartira” sotib oldi

Toşkentda ikki fuqaro boşqa bir fuqaroning işonçiga kirib, Markaz-5 mavzesida joylaşgan uyni soxta 40 ming dollar evaziga notarial tartibda özining nomiga rasmiylaştirib oldi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, joriy yilning 5 avgust kuni H.T. hamda A. ismli şaxslar fuqaro J.R.ning işonçiga kirib, unga tegişli bölgan Toşkent şahri, Markaz-5 mavzesida joylaşgan xonadonni 40 ming AQŞ dollariga sotib olişini vaʼda qilgan. Biroq firibgarlar J.R.ga 4 paçka 100 AQŞ dollarlik qalbaki kupyuralarni (39,6 ming dollar qalbaki 400 dollar haqiqiy) bergan holda xonadonni notarial tartibda özining nomiga rasmiylaştirib olgan.

Şu kuni H.T. özining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy şerigi A. bilan J.R.ga berilgan 496 dona qalbaki, 4 dona haqiqiy 100 AQŞ dollarlik kupyuralarni va xonadon hujjatlarini egallaş maqsadida uning xonadoniga töpponça bilan kirgan. Söng, ular J.R.ni urib, qörqitib, böğib tan jarohati yetkazgan holda berilgan qalbaki pullarni va uy hujjatlarini talab qilişgan.  

Holat yuzasidan nomaʼlum şaxs A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 176-moddasi 3-qismi “a” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Suriştiruv işlari davomida joriy yilning 17 noyabr kuni   A. ismli şaxs 1995 yilda tuğilgan Samarqand viloyati Narpay tumanida yaşovçi, fuqaro X.A. ekanligi aniqlangan. Şundan söng, Toşkent viloyati Toşkent tumanida joylaşgan “Ğişt-Köprik” bojxona postida qölga olindi va Özbekiston Respublikasi IIV vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.

Mazkur holat yuzasidan suriştiruv işlarini Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda.

×