Namangan viloyati Çust tumani hokimligining uçta xizmat avtomobili töplanib qolgan qarzdorlik sabab jarima maydonçasiga joylaştirildi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, Cobalt avtomobiliga (davlat raqam belgisi 50 066 DAV, avvalgi raqami — 50 234 NAA) qayd etiş moslamada aniqlangan qoidabuzarliklari uçun 7 mln 626 ming sömlik 17 ta jarima tayinlangan.
Şuningdek, Nexia-3 rusumli avtomaşina (50 068 DAV, sobiq raqami — 234 TAA) jami 5 mln 302 ming sömlik 15 ta jarimaga tortilgan. Maşina asosan tezlikni oşirgan. Bundan taşqari, svetoforning qizil çiroğidan ötiş holatlari ham qayd etilgan.
Trailblazer avtomobili (50 234 MBA) esa 7 mln 775 ming sömlik 10 ta jarimaga tortilgan. Barça qoidabuzarliklar tezlikni oşiriş bilan boğliq.
Xabarga köra, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 291-moddasi 3-qismiga köra qarzdorlik töla undirilgunga qadar avtomaşinalar jarima maydoniga joylaştirilgan.
Maʼlumot uçun, Özbekistonda transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan köp bölmagan kattalikda oşirib yuborişi yoki transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan köp bölmagan kattalikda xuddi şunday huquqbuzarlik uçun maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror oşirib yuborişi natijasida BHMning 5 barobari miqdorida yoki 1 mln 350 ming miqdorida jarima belgilangan.
Şuningdek, transport vositalari haydovçilarining svetoforning taqiqlovçi signaliga yoki yöl harakatini tartibga soluvçining taqiqlovçi işorasiga böysunmasdan ötişi BHMning 5 barobari miqdorida yoki 540 ming miqdorida jarima belgilangan.









