Şaxsiy maʼlumotlarimizning köp qismi internetda saqlanganligi sababli bugungi kunda kiberxavfsizlik masalasi juda muhim hisoblanadi. Jamiyatimiz axborot texnologiyalariga har qaçongidan ham köproq qaram bölgan bu davrda kiberxavfsizlik ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.
Xöş, kiberxavfsizlik özi aslida nima?
Kiberxavfsizlik — kompyuter tizimlari, tarmoqlari, qurilmalari va dasturlarini har qanday turdagi kiberhujumlardan himoya qiliş amaliyotidir. Kiberxavfsizlik tahdidi esa maʼlumotlarni buziş, maʼlumotlarni öğirlaş yoki umuman raqamli hayotni buzişga qaratilgan zararli harakatdir. Kibertahdidlar, şuningdek, axborot texnologiyalari obʼekti, kompyuterlar tarmoği, intellektual mulk yoki boşqa har qanday maxfiy maʼlumotlarga ruxsatiz kiriş, ularga zarar yetkaziş, buziş yoki öğirlaşga qaratilgan muvaffaqiyatli kiberhujum ehtimolini ham nazarda tutadi. Kibertahdidlar kompaniya yoki taşkilot içidan, işonçli foydalanuvçilardan yoki nomaʼlum şaxslar tomonidan uzoq joylardan kelib çiqişi mumkin.
Buyuk Britaniyaning «Comparitech» nodavlat tadqiqot kompaniyasi muntazam ravişda kiberxavfsizlik va onlayn maxfiylikni yaxşilaşga qaratilgan tadqiqotlar ötkazib keladi. Kompaniyaning dunyo böylab milliardlab foydalanuvçilarga umumiy taʼsir körsatgan 2019 yilda 267 million Facebook foydalanuvçisining şaxsiy maʼlumotlari buzilgani, 2020 yilda 235 million Instagram, YouTube va TikTok foydalanuvçilarining maʼlumotlari himoyalanmagan maʼlumotlar bazasi tufayli ommaga oçiq bölgani hamda «Microsoft» kompaniyasi serverlarida saqlangan 250 milliondan ortiq maʼlumotlar oşkor qilinganligi xususidagi maʼlumotlarini misol qilib keltirişimiz mumkin.
«Comparitech» har yili Global Cybersecurity Index metodologiyasi asosida «eng kiberxavfsiz» davlatni aniqlaş yuzasidan mustaqil tadqiqot ötkazib, davlatlar reytingini eʼlon qiladi. 2021 yilda kompaniya tomonidan 75 ta davlatning kiberxavfsizlik darajasi tahlil qilindi va har bir davlat umumiy baholaşda teng imkoniyatga ega quyidagi 15 ta mezon asosida baholandi:
- zararli dasturlar bilan zararlangan mobil telefonlar foizi;
- mobil bank tovlamaçi-dasturlar hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi;
- foydalanuvçining öz qurilmasiga kirişini bloklaş uçun möljallangan mobil tovlamaçi-troyan dasturlar hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi;
- mobil bölmagan bank tovlamaçi-dasturlari tomonidan hujumga uçragan foydalanuvçilar foizi;
- maxfiy maʼlumotlarni öğirlaş va tölovni tölamagunga qadar foydalanuvçining öz kompyuteriga kirişini bloklaş uçun möljallangan mobil bölmagan zararli tovlamaçi-troyan dasturlar hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi;
- internet orqali zararli dastur bilan zararlangan kompyuterlar foizi;
- kamida bitta mahalliy zararli dastur hujumidan zarar körgan kompyuterlar foizi;
- veb-manbalar orqali hujumga uçragan mobil foydalanuvçilar foizi;
- Telnet[1] hujumlarining kelib çiqqan mamlakat böyiça uluşi;
- kriptomaynerlar[2] tomonidan hujumga uçragan foydalanuvçilar foizi;
- kelib çiqqan mamlakat böyiça SSH[3] hujumi uluşi;
- yuboruvçi mamlakatlardan kelgan spam xatlar foizi;
- zararli poçta jönatmalari nişonga olingan mamlakatlar uluşi;
- Fishing[4] urinişlari bilan hujumga uçragan kompyuterlar uluşi;
- «Xalqaro elektraloqa ittifoqi» Global kiberxavfsizlik indeksiga köra kiberhujumlarga eng yaxşi tayyorlangan davlatlar.
Dunyoda kiberxavfsizlik darajasi eng past davlat
Tadqiqotlarga köra, kiberxavfsizlik böyiça Tojikiston dunyodagi eng kam himoyalangan mamlakat bölib, undan keyin Bangladeş va Xitoy örin olgan. Tojikiston bank zararli dasturlari hujumiga uçragan foydalanuvçilar (4,7 foiz), mahalliy zararli dasturlardan kamida bitta hujumga uçragan kompyuterlar (41,16 foiz) va kriptomaynerlarning hujumlari (5,7 foiz) böyiça eng yomon körsatkiçlarga ega mamlakat böldi. Şuningdek, u tovlamaçi-troyan hujumiga uçragan foydalanuvçilar mezonida ham yomon natija qayd etdi (1,35 foiz). Şu bilan birga, u bir neçta mezonlar böyiça eng yaxşi natijalarga erişgan mamlakatlardan biri böldi, jumladan, kelib çiqqan mamlakat böyiça veb-manbalar orqali hujum qilingan foydalanuvçilar (0,03 foiz), Telnet orqali qilingan hujumlar (0,01 foiz), spam-xabarlar (0,01 foiz), şuningdek, zararli poçta jönatmalari qamrab olingan mamlakatlar foizi böyiça (0,01 foiz). Heç bir foydalanuvçi mobil tovlamaçi-troyanlar tomonidan hujumga uçramagan va SSHga asoslangan hujumlarning heç biri Tojikistondan kelib çiqmagan.
Mezonlar böyiça yomon natija qayd etgan mamlakatlar reytingi
Zararli taʼminot dasturlari bilan zararlangan mobil telefonlar foizi:
Eron — 30,29 foiz; Jazoir — 21,97 foiz; Bangladeş — 17,18 foiz.
Mobil bank tovlamaçi-troyanlar hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi:
Yaponiya — 1,89 foiz; Turkiya — 0,33 foiz; Italiya — 0,31 foiz.
Mobil tovlamaçi-troyanlar hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi:
Qozoğiston — 0,57 foiz; Qirğiziston — 0,14 foiz; Xitoy — 0,09 foiz.
Bank zararli taʼminot dasturlari hujumiga uçragan foydalanuvçilar uluşi:
Tojikiston — 4,7 foiz; Özbekiston — 4,6 foiz; Eron — 1,6 foiz.
Tovlamaçi-troyan dasturlar hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi:
Bangladeş — 2,37 foiz; Gaiti — 1,38 foiz; Tojikiston — 1,35 foiz.
Internet orqali kamida bitta zararli dastur hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi:
Vetnam — 8,69 foiz; Bangladeş — 7,34 foiz; Latviya — 7,31 foiz.
Mahalliy zararli dasturlardan kamida bitta hujumga uçragan kompyuterlar foizi:
Tojikiston — 41,16 foiz; Bangladeş — 39,9 foiz; Özbekiston — 36,58 foiz.
Veb-manbalar orqali hujumga uçragan mobil foydalanuvçilar foizi:
Ekvador — 6,33 foiz; Ummon — 4,98 foiz; Marokaş — 4,51 foiz.
Kelib çiqqan mamlakatlar böyiça Telnet hujumlari foizi (IoT):
Hindiston — 19,99 foiz; Xitoy — 15,46 foiz; Misr — 9,77 foiz.
Kriptomaynerlar tomonidan qilingan hujumlar foizi:
Tojikiston — 5,7 foiz; Qirğiziston — 2,51 foiz; Özbekiston — 2,46 foiz.
Kelib çiqqan mamlakatlar böyiça SSH hujumlar foizi (IoT):
Xitoy — 28,56 foiz; AQŞ — 14,75 foiz; Germaniya — 4,67 foiz.
Kelib çiqqan mamlakatlar böyiça spam xabarlar foizi:
Rossiya — 21,27 foiz; Germaniya — 10,97 foiz; AQŞ — 10,47 foiz.
Zararli poçta jönatmalari nişonga olingan mamlakatlar uluşi:
Ispaniya — 8,48 foiz; Germaniya — 7,28 foiz; Rossiya — 6,29 foiz.
Fishing hujumiga uçragan kompyuterlar foizi:
Braziliya — 19,94 foiz; Portugaliya — 19,73 foiz; Frantsiya — 17,9 foiz.
Global kiberxavfsizlik indeksi:
Gonduras — 0,044; Gaiti — 0,046; Boliviya - 0,139.
Dunyodagi eng kiberxavfsiz davlat
Oxirgi ikki yil davomida Daniya 3,56 ball bilan eng kiberxavfsiz mamlakat hisoblanadi. U 15 ta mezondan 10 tasida kuçli uçlikka kirdi, ayniqsa, tovlamaçi-troyanlar tomonidan hujumga uçragan foydalanuvçilar (0,02 foiz) va kriptomaynerlar tomonidan qilingan hujumlar foizi (0,11 foiz) kabi mezonlarda yaxşi ball töpladi. Şuningdek, mobil tovlamaçi-troyanlar va mobil bank tovlamaçi-troyanlari tomonidan hujumga uçragan bitta ham foydalanuvçi yöq.
Reytingda har bir mezon uçun mamlakat eng yuqori va eng past örinli mamlakatlar örtasidagi örinni egallaganligi asosida baholangan. Kiberxavfsizlik böyiça eng past ball olgan mamlakatlarga 100 ball, eng yuqori ballga ega bölgan mamlakatlarga esa nol ball berilgan. Bu ikki ball orasidagi barça mamlakatlar qayerda joylaşganiga qarab, foiz asosida baholangan.
Mezonlar böyiça yaxşi natija qayd etgan mamlakatlar reytingi
Zararli taʼminot dasturlari bilan zararlangan mobil telefonlar foizi:
Finlyandiya — 1,06 foiz; Ukraina — 1,15 foiz; Daniya — 1,33 foiz.
Mobil bank tovlamaçi-troyanlar hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi:
Jazoir, Argentina, Daniya, Misr, Gaiti, Vengriya, Irlandiya, Meksika, Nigeriya va Tailand — 0,00 foiz.
Mobil tovlamaçi-troyanlar hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi:
Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belarus, Braziliya, Çili, Kolumbiya, Daniya, Ekvador, Frantsiya, Gretsiya, Gaiti, Vengriya, Yaponiya, Latviya, Peru, Tojikiston, Turkiya va Venesuela — 0,00 foiz.
Bank zararli taʼminot dasturlari hujumiga uçragan foydalanuvçilar uluşi:
Ekvador — 0,03 foiz; Boliviya — 0,05 foiz; Daniya, Irlandiya va Panama — 0,10 foiz.
Tovlamaçi-troyan dasturlar hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi:
Daniya — 0,02 foiz; Şvetsiya — 0,03 foiz; Irlandiya va Ruminiya — 0,04 foiz.
internet orqali kamida bitta zararli dastur hujumiga uçragan foydalanuvçilar foizi:
Gaiti — 0,48 foiz; Daniya — 1,33 foiz; Irlandiya — 1,35 foiz.
Mahalliy zararli dasturlardan kamida bitta hujumga uçragan kompyuterlar foizi:
Daniya — 2,83 foiz; Şvetsiya — 3,34 foiz; Irlandiya — 3,49 foiz.
Veb-manbalar orqali hujumga uçragan mobil foydalanuvçilar foizi:
Gaiti va Tojikiston — 0,03 foiz; Rossiya va Xitoy — 0,04 foiz; Armaniston — 0,05 foiz.
Kelib çiqqan mamlakatlar böyiça Telnet hujumlari foizi (IoT):
Gaiti, Tojikiston, Jazoir va Qatar — 0,01 foiz; Daniya, Finlyandiya, Quvayt, Qirğiziston, Ummon, va Özbekiston — 0,02 foiz; Ozarbayjon va Şveytsariya — 0,03 foiz.
Kriptomaynerlar tomonidan qilingan hujumlar foizi:
Gaiti — 0,05 foiz; Daniya va Yaponiya — 0,11 foiz; Germaniya — 0,12 foiz.
Kelib çiqqan mamlakatlar böyiça SSH hujumlar foizi (IoT):
Tojikiston — 0,00 foiz; Gaiti va Ozarbayjon — 0,01 foiz; Armaniston
va Qirğiziston — 0,02 foiz.
Kelib çiqqan mamlakatlar böyiça spam xabarlar foizi:
Gaiti — 0,00 foiz; Tojikiston va Ummon — 0,01 foiz; Qatar va BAA — 0,02 foiz.
Zararli poçta jönatmalari nişonga olingan mamlakatlar uluşi:
Tojikiston, Norvegiya va Finlyandiya — 0,01 foiz; Gaiti va Qirğiziston — 0,02 foiz; Gruziya — 0,04 foiz.
Fishing hujumiga uçragan kompyuterlar foizi:
Gaiti — 1,94 foiz; Daniya — 3,26 foiz; Şvetsiya — 3,35 foiz.
Global kiberxavfsizlik indeksi:
Buyuk Britaniya — 0,931; AQŞ — 0,926; Frantsiya — 0,918.
Umumiy ball har bir mamlakatning 15 ta mezondagi ballarini örtaça hisoblaş yöli bilan olingan. Uşbu reyting tizimini yaratişda foydalanilgan barça maʼlumotlar eng sönggi maʼlumotlar bölib, reytingda faqat barça maʼlumotlar nuqtalarini qamrab olişga muvaffaq bölingan mamlakatlar kiritilgan.
Tadqiqot natijalariga asosan örtaça umumiy ball hisobida davlatlar röyxatdan quyidagiça örin olgan:
1-örin — Tojikiston (35.54 ball bilan eng yomon natija);
2-örin — Bangladeş (34.57 ball);
3-örin — Xitoy (33.90 ball);
8-örin — Özbekiston (26.88 ball);
75-örin — Daniya (3.56 ball bilan eng yaxşi natija);
74-örin — Şvetsiya (4.90 ball);
73-örin — Irlandiya (5.05 ball).
Özbekistonning Global kiberxavfsizlik reytingidagi örni
Dunyoning rivojlangan davlatlari qatori Özbekistonda ham kiberxavfsizlikni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi qarori bilan davlat unitar korxonasi şaklida «Kiberxavfsizligi markazi» taşkil etildi. Kiberxavfsizlik sohasiga tegişli 17 ta qonun hujjati, Prezidentning 9 ta farmon va qarori, Vazirlar Mahkamasining 14 ta qarori, şuningdek tegişli normalar va köplab idoralararo meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Global kiberxavfsizlik reytingi birinçi marta 2015 yilda Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi tomonidan eʼlon qilingan. Unda mamlakatlar kiberxavfsizlikka bölgan jami beşta — huquq, texnika, taşkiliy çoralar, hamkorlik va salohiyatni rivojlantiriş yönalişiga köra baholanadi. Har biri yönaliş uçun 20 ball ajratiladi va bu umumiy 100 balni taşkil qiladi.
Global kiberxavfsizlik darajasi böyiça 194 mamlakatni öz içiga olgan 2020 yil reytingida Özbekiston 70-örinni egalladi. Özbekiston mazkur yönalişlar içida huquqiy çoralar böyiça 19.27 ball, hamkorlik böyiça 13.56 ball, salohiyatni rivojlantirişda 15.68 ball, taşkiliy çoralar böyiça 10.05 ball hamda texnik çoralar böyiça 12.56 balni qölga kiritgan. Şu tariqa mamlakat jami 71.11 ball olgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida kiberxavfsizlik böyiça Qozoğiston 31-örin, Qirğiziston 92-örin, Tojikiston 138-örin, Turkmaniston 144-örinni qayd etgan.
Abduraşid Saidov,
«Axborot texnologiyalari va
axborot resurslarini rivojlantiriş
markazi» DUK boş mutaxassisi
[1] ingl. Teletype network — tarmoq orqali matnga asoslangan terminal interfeysini amalga oşiriş uçun tarmoq protokoli.
[2] Kriptomaynerlar — foydalanuvçining ruxsatisiz uning resurslaridan valyutani yaşirinça «çiqarib oliş» uçun möljallangan dasturiy taʼminotdan foydalanuvçi tajovuzkorlar.
[3] ingl. Secure Shell «xavfsiz qobiq» operatsion tizimni masofadan boşqariş va TCP ulanişlarini tunnel qiliş imkonini beruvçi dastur darajasidagi tarmoq protokoli.
[4] Fishing — qonuniy veb-sayt yoki elektron poçta sifatida niqoblangan holda login hisob maʼlumotlari, kredit karta raqamlari, bank hisob raqamlari yoki boşqa moliyaviy maʼlumotlar kabi nozik maʼlumotlarni töplaydigan kiberhujum.









