Toşkentda hamşiralarning oyligidan Qizil yarim oy jamiyatiga pul bosib qolinyapti

Toşkentda hamşiralarning oyligidan Qizil yarim oy jamiyatiga pul bosib qolinyapti

Keça, 23 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Çilonzor tumanidagi 38-oilaviy poliklinika hamşirasining öz oylik maoşidan 1 foizini Özbekiston Qizil Yarim oy jamiyati fondiga ötkazişga roziligi haqida yozgan arizasi tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmati munosabat bildirdi. 

Ariza E.T. ismli hamşira tomonidan poliklinika boş şifokori N.S. nomiga yozilgan. 

“Mening dekabr oyi iş haqimdan 1 foizini Qizil yarim oy jamiyatiga ötkazişingizga roziman”, deyilgan arizada. Xat söngida 22 dekabr sana sifatida körsatilib, imzo çekilgan. 

SSV Matbuot xizmatining qayd etişiça, holat yuzasidan örganiş işlari olib borilmoqda. Vaziyat nima sababdan yuz bergani aniqlaştirilib, kamçilikka yöl qöygan masʼullarga nisbatan tegişli jazo çoralari körilişi taʼminlanadi.

“Şu örinda vazirlik tizimda bu kabi holatlarga yöl qöymaslik, sohada faoliyat yuritayotgan har bir xodimning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş uçun kerakli barça çoralar körişini maʼlum qiladi. Qolaversa, sohada mehnat qonunçiligi talablari buzilişiga, xodimlarning iş haqidan asossiz va majburiy tarzda turli uşlanmalar uşlanişiga yöl qöyilmaydi”, deyiladi munosabatda.

Maʼlumot uçun, agar tibbiyot xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinsa yoki iş haqidan noqonuniy uşlab qolinsa, vazirlikning 71-241-16-40 telefon raqamiga murojaat qilişi mumkin.

×