Özbekistonda yangi noodatiy federatsiyasi taşkil etiladi

Özbekistonda yangi noodatiy federatsiyasi taşkil etiladi

“Soğliqni saqlaşning asosiy tadbiri badantarbiya böladi. Biz bilamizki, badantarbiya kişini çuqur va ketma-ket nafas olişga majbur qiluvçi ixtiyoriy harakatdir.

Möʼtadil ravişda va öz vaqtida badantarbiya bilan şuğullanuvçi odam buzilgan xiltlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz hamda ilgari ötgan kasalliklar tufayli keluvçi kasalliklarning davosiga muhtoj bölmaydi.

Badantarbiyaning kuçli turiga maydonda kişining öz soyasi bilan olişiş öyini (“Qarabtep”) kiradi”, – deb yozilgan uluğ mutafakkir, tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino qalamiga mansub “Tib qonunlari” asarida.

Sir emaski, bugun mamlakatimizda sportni rivojlantiriş, aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng ommalaştirişga alohida, taʼbir joiz bölsa Hukumat darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, pandemik vaziyat Özbekistonda aholining salomatlik darajasi ança past ekanligini körsatib berdi. Bu jarayonda ota-bobolarimizdan meros bölgan “Qarabtep” yoki xalqimiz taʼbiri bilan aytganda, “lanka” xalq öyini muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 maydagi 33-sonli yiğiliş bayoni bilan 2021 yilning iyun-iyul oylarida mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizdan bölgan “Qarabtep” xalq öyini musobaqalarini ötkaziş belgilab qöyilgan. Bu haqida Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kuni keça Turizm va sport vazirligida ötkazilgan davra suhbati esa mamlakatimiz böylab “Qarabtep” xalq öyini musobaqalarining taşkil etilişiga bağişlandi.

Davra suhbatida Turizm va sport vazirligi, Oliy va örta-maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Özbekiston Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston Polvonlar Milliy markazi, turli sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarining vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.

Tadbirda söz olgan Turizm va sport vazirining örinbosari Avazjon Karimov “Qarabtep” xalq öyinining inson salomatligini mustahkamlaşdagi örni va ahamiyatiga töxtalib, xuddi şu körinişdagi jismoniy harakatlar xorijiy davlatlar, jumladan Xitoyda juda keng ommalaşgani, şu sababli ularda aholining salomatlik darajasi ança yuqori ekanligini alohida eʼtirof etdi. Öz navbatida Hukumatimizning “Qarabtep” xalq öyinini aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoşlar orasida ommalaştiriş borasidagi taşabbusini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Davra suhbatiga raislik qilgan Özbekiston Polvonlar Milliy markazi raisi Norquli Yusupov iyun-iyul oylarida mamlakatimiz böylab “Qarabtep” xalq öyini musobaqalarini yuqori saviyada taşkil etişda hamkor taşkilotlarni amaliy yordam körsatişga çaqirdi.

Şuningdek, davra suhbatida bir qança şakllardagi “Qarabtep” xalq öyinining asosiy iş quroli – “Tepki”lar ham namoyiş etildi. Unda soha mutaxassislari mahalliy aholi tomonidan yaratilgan “tepki”ga yuqori baho berib, uni keng ommalaştiriş va “özbek brendi” sifatida dunyoga keng tarğib qiliş borasida öz tavsiyalarini bildirdi.

Davra suhbatida Özbekiston “Qarabtep” xalq öyini sport federatsiyasini taşkil etişga qaror qilindi. Bundan közlangan maqsad, “Qarabtep”ni oddiy xalq öyini emas, balki sport turi sifatida yanada ommalaştiriş va albatta yaqin kelajakda jahonga olib çiqişdan iborat.

Darvoqe, tadbirda iyun-iyul oylarida mamlakatimiz böylab taşkil etilayotgan “Qarabtep” xalq öyini musobaqalariga respublikamizning kamida 5 million kişilik aholisi qamrab olinişi rejalaştirilayotganligi ham maʼlum qilindi.

Manba: Effect.uz

×