Alişer Usmonov öziga nisbatan sanktsiyalarga munosabat bildirdi

Alişer Usmonov öziga nisbatan sanktsiyalarga munosabat bildirdi

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi USM xolding asosçisi, rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovga nisbatan sanktsiyalar joriy etişni rejalaştirayotgani haqida xabar bergan edik. Rossiyalik milliarder bu borada öz fikrlarini bildirdi.

“28 fevral kuni Yevropa Ittifoqi menga nisbatan sanktsiyalarni joriy qildi. Buni adolatsiz qaror deb bilaman va sanktsiyalarni oqlaydigan sabablar mening şaʼnim, qadr-qimmatim hamda işçanlik obrö-eʼtiborimni kamsituvçi yolğon ayblovlardir. Men öz şaʼnim va obröyimni himoya qiliş uçun barça qonuniy vositalardan foydalanaman”, deydi Alişer Usmonov bayonotida.

Alisher Usmonov o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarga izoh berdi

Eslatib ötamiz, Yevropa Ittifoqi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin hisoblangan milliarderlarga sanktsiya joriy qilgandi. Ular orasiga “Rosneft” rahbari Igor Seçin, USM Holdings asosçisi Alişer Usmonov va boşqalar kirgan.

Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar hujjatida aytilişiça, Usmonov Kremlni qöllab-quvvatlovçi oligarx, ayniqsa, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin inson hisoblanadi.

“Uni Vladimir Putinning sevimli oligarxlaridan biri deb ataşadi. U moliyaviy oqimlarni taʼminlaş işonib topşirilgan rossiyalik işbilarmon-amaldorlardan biri hisoblanadi, ammo ularning pozitsiyasi Prezidentning xohişiga boğliq. Şu bilan birga, u Qrimning annektsiya qilinişi va Ukrainadagi beqarorlik uçun masʼul bölgan rossiyalik qaror qabul qiluvçilarni moddiy yoki moliyaviy jihatdan faol qöllab-quvvatlagan”, deyiladi YEI bayonotida.

×