Rossiyalik tadbirkor va metsenat, “Bilayn” asosçisi Dmitriy Zimin oğir xastalikdan söng keça, 22 dekabr kuni Şveytsariyada vafot etdi. Bu haqda uning öğli Boris Zimin Facebook’da xabar bergan. Tadbirkor 88 yoşda bölgan.
“Mening otam hayotni juda yaxşi körardi. Unga hammasi uçun, barça yaratgan narsasi, bölgani uçun rahmat. Bu bugun Vatanda emas, Şveytsariyada sodir böldi. Sönggi oylarda u oğir kasal edi. Böldi. Vidolaşuv va boşqa tafsilotlar keyinroq”, deb yozgan Boris Zimin.
Maʼlumot örnida, Dmitriy Zimin 1992 yilda öz faoliyatini boşlagan “Vimpelkom” (“Bilayn” brendi ostida işlaydi) uyali aloqa operatori asosçilaridan biri hisoblanadi.
2002 yilda Zimin fundamental fanlarni qöllab-quvvatlaş böyiça “Dinastiya” jamğarmasiga asos solgan va unga rahbarlik qilgan. 2008 yilda jamğarma rus tilidagi eng yaxşi ilmiy-ommabop kitoblar uçun beriladigan “Maʼrifatçi” mukofotini taʼsis etgan. 2015 yilda “Dinastiya” “xorijiy agent” deb eʼlon qilinganidan keyin öz faoliyatini töxtatgan.
2016 yilda Dmitriy Zimin öğli Boris bilan birgalikda ilm-fan va taʼlimni qöllab-quvvatlovçi Zimin Foundation notijorat taşkilotiga asos solgan.









