Aholining ayrim toifalariga 800 ming sömdan pul tarqatiladi

Aholining ayrim toifalariga 800 ming sömdan pul tarqatiladi

Özbekistonda dekabr oyida aholining ayrim qatlamiga 800 ming sömdan bir martalik yordam puli tarqatiladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yilning dekabr oyida aholining ayrim qatlamlariga kiruvçi oilalarga 800 ming söm miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiş töğrisidagi qarorini imzoladi. Bu haqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali xabar qildi.

Aholining quyidagi qatlamlariga kiruvçi oilalarga 800 ming söm miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiladi:

  • «Temir daftar» röyxatida bölgan oilalarga (2021 yil davomida);
  • 18 yoşga tölmagan farzandlari bor boquvçisini yöqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvçi oilalarga;
  • 18 yoşgaça bolalar uçun nogironlik nafaqasini oluvçi oilalarga.

Pullarni yangi yilgaça tarqatiş rejalaştirilgan.

×