Mansabdor katta pul bilan uşlandi

Mansabdor katta pul bilan uşlandi

Toşkent viloyati investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi xodimi va Toşkent şahridagi MÇJning norasmiy egasi özaro til biriktirib, Qibray tumanidagi 13,7 gektarlik unumdor yer maydonini 3,4 mln. dollarga sotişga kelişib olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent viloyati boşqarmasi ötkazgan tezkor tadbirda ular söralgan puldan 500 ming dollarni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. Bu haqda «Özbekiston24» telekanalidagi reportajda aytilgan.

Şuningdek, DXXning tezkor tadbirlari davomida Sirdaryo viloyatida ham yer sotiş bilan boğliq yana 3 ta firibgarlik holati aniqlangan. Bu holatlarda davlat mansabdorlari 70 ming, 19 ming va 14 ming dollarga yer olib berişni vaʼda qilib, bönak pullarini olayotganda qölga tuşişgan.

×