Rossiyada işlaş uçun Özbekistondan çarter poyezdlarda mehnat migrantlarini olib kirişning yangi qoidalari tasdiqlanadi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.
Aytilişiça, bu maʼlumotni Rossiya boş vaziri örinbosari Marat Xusnullin bergan. «Biz Rossiya boş vaziri örinbosari Tatyana Alekseyevna Golikovaning bloki bilan Özbekistondan nafaqat quriliş uçun, balki uy-joy kommunal xöjaligi va savdo sohasi uçun ham mehnat migrantlarini olib keliş böyiça işlarni kelişib oldik. Umid qilamanki, yaqin kunlarda qöşimça qoidalar va qança migrant olib kelişimiz tasdiqlanadi», — degan Xusnullin.
Boş vazir örinbosarining sözlariga köra, Rossiyada işlaşni istagan migrantlarda avval koronavirusga qarşi emlaşni taşkil etiş, söngra Özbekistondan çarter poyezd reyslarini yölga qöyiş rejalaştirilgan. Qayd etilişiça, Rossiya Quriliş vazirligi Özbekiston bilan çarter poyezdlarda quriliş sektorida işlaş uçun migrantlarni olib keliş tartibini muhokama qilgan.









