Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan “Jazo muddatini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida”gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan hamda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan jazo muddatini ötayotgan 92 nafar fuqaro afv etildi.
Afv etilgan şaxslarning 20 nafari jazodan töliq ozod qilinadi, 37 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilinadi, 16 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almaştiriladi, bir söz bilan aytganda, 73 nafar şaxs jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilinmoqda va probatsiya xizmati organlari nazoratidan olinmoqda. Şuningdek, 19 nafar şaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartiriladi.
Afv etilganlarning 3 nafarini 60 yoşdan oşgan şaxslar, 3 nafarini ayollar hamda 79 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar taşkil etadi.
Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bağrikenglik, keçirimli böliş, olijanoblik va mehr-muruvvat körsatiş kabi ezgu fazilatlar namoyon bölganining amaliy ifodasidir.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi.
Sunnatilla Abdullayev









