Yangi boğ va monument oçildi

Yangi boğ va monument oçildi

2021 yil 31 avgust kuni istiqlolimizning öttiz yilligiga bağişlab bunyod etilgan «Yangi Özbekiston» boği va Mustaqillik monumentining tantanali oçiliş marosimi böldi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.

— Bugun barçamiz, köpmillatli butun xalqimiz jonajon Vatanimiz mustaqilligining öttiz yillik qutluğ bayramining quvonçi va şukuhi bilan yaşamoqdamiz. Azal-azaldan obod şahar va qişloqlar, boğu roğlar, betakror madaniy obidalar bunyodkori sifatida şuhrat qozongan mehnatkaş va olijanob xalqimiz pandemiya va global iqtisodiy inqiroz taʼsiriga qaramasdan, uşbu tarixiy sanani munosib mehnat zafarlari, ulkan yutuq va ğalabalar bilan kutib olmoqda, - dedi davlatimiz rahbari.

Uşbu boqqa joriy yil 1 may kuni ilk köçatlar ekilgan edi. Tarixçi olimlar, ijodkor ziyolilar, nuroniylar va yoşlar bilan maslahatlaşib, “Yangi Özbekiston” majmuasining ğoyaviy va meʼmoriy yeçimlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Agar yuqoridan nazar taşlansa, boğning şakli ulkan daraxtning beşta şoxiga öxşaydi. Bu Harakatlar strategiyasining beşta ustuvor yönalişini ramziy maʼnoda ifoda etadi.

Bu gözal boğda poytaxtimiz aholisi, barça hududlarimiz va xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olişi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq çiqarişi uçun barça zamonaviy şaroitlar yaratilmoqda. Sunʼiy köl, sport maydonçalari, bolalar öyingohlari, amfiteatr, favvoralar, savdo va xizmat körsatiş obʼektlari, hunarmandçilik dökonlari taşkil etilmoqda.

Boğning markaziy qismida muhtaşam badiiy obida – Mustaqillik monumenti barpo etildi.

  • Biz bugun Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayramini keng nişonlayapmiz. Lekin aslida, Özbekiston hududidagi milliy davlatçilik tarixi 3 ming yildan ziyod davrni taşkil etadi. Bu jahon fanida eʼtirof etilgan ilmiy haqiqatdir. Uşbu monumentni yaratişda mana şu kontseptual ğoyani yorqin ifoda etişga harakat qildik, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Maʼlumki, el-yurtimiz özining qadimiy ötmişi davomida şonli voqealarni, turli sinov va qiyinçiliklarni, zafarli davrlar bilan birga, fojiali kunlarni ham boşidan keçirgan. Mustaqillik monumentida bular badiiy aks ettirilgan.

— Ötmişdagi yutuq va ğalabalaridan kuç-quvvat olib, xato va mağlubiyatlaridan xulosa va saboq çiqarib yaşaydigan xalq özining taraqqiyot yöli va kelajagini töğri belgilay oladi. Şu sababli, biz uşbu yodgorlik timsolida Özbekistonimizning qadimgi tarixidan boşlab to bugungi kunga qadar yuz bergan eng muhim voqealarni muhrlaşga qaror qildik, — dedi Prezidentimiz.

Majmuada buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning ölmas siymolari aks ettirilgan. Özbekistonning sobiq mustabid tuzum davridagi oğir va maşaqqatli hayoti, qatağon siyosati, xalqimizning Ikkinçi jahon uruşida körsatgan jasorat va matonati taʼsirçan lavhalarda ifodalangan.

Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov rahbarligida xalqimizning milliy mustaqillikka erişiş yölini aks ettirişga alohida eʼtibor qaratilgan.

Yodgorlik yurtimizda yangi Özbekistonni – uçinçi Renessans poydevorini yaratiş ğoyasi bilan uyğun holda barpo qilingani ayniqsa ahamiyatlidir. Unda milliy davlatçiligimizning ramzi bölgan Sohibqiron Amir Temur saltanatining moviy gumbazi, yulduzlar olamiga qarab yuksalgan Mirzo Uluğbek rasadxonasi, dunyo ilm-fani va tsivilizatsiyasiga beqiyos hissa qöşgan uluğ mutafakkir bobolarimizning eng nodir ilmiy kaşfiyotlari özining bor mahobati va şukuhi bilan köz oldimizda yaqqol namoyon bölib turibdi.

Tinçlik va erkinlik, ezgulik va farovonlik timsoli bölgan, kökda mağrur parvoz qilayotgan Humo quşi tasviri monumentning eng yuqori qismida – bamisoli uning gultoji bölib örin egallagan.

— Mustaqillik monumenti ona Vatanimiz, mard va jasur, tinçliksevar va mehnatkaş, qahramon xalqimiz şarafiga bunyod etilgan buyuk obida sifatida qad rostladi. Monument poyiga bitilgan: “Xalqimiz tarixida ezgu iz qoldirgan barça ajdodlarimiz doimo qalbimizda”, degan çuqur maʼnoli sözlar ota-bobolarimiz xotirasiga bugungi avlodlarning yuksak hurmat va ehtiromini anglatadi, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

×