Özbekistonning qaysi viloyati korruptsiya borasida yetakçi ekanligi aytildi

Özbekistonning qaysi viloyati korruptsiya borasida yetakçi ekanligi aytildi

Qaşqadaryo viloyati respublikada eng köp korruptsion holatlarga yöl qöygan viloyat sifatida qayd etilgan. Bu haqda viloyat rahbari Zoir Mirzayev xalq taʼlimi masʼullari va vazir Şerzod Şermatov iştirokidagi yiğilişda maʼlum qildi, deya xabar berdi «Daryo» muxbiri.

Taʼkidlanişiça, viloyat rahbari vazir Şerzod Şermatov iştirokidagi yiğilişda söz olib, viloyat xalq taʼlimi tizimida taniş-bilişçilik, qarindoş-uruğçilik va korruptsiya avj olganini gapirgan.

«Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligining rahbari va Hisob palatasi kelganda biz viloyatdagi korruptsion holatlar böyiça muhokama ötkazdik. Aynan taʼlim va tibbiyotni muhokama qildik. Qaşqadaryo respublikadagi eng katta korruptsion xatoliklarga yöl qöygan viloyat sifatida qayd etildi. Bu qaçongaça davom etadi?», — dedi viloyat hokimi Zoir Mirzayev.

Viloyat rahbari Yakkaboğ tuman xalq taʼlimi tizimidagi korruptsion holatlar haqida töxtalib, «Yakkaboğni aytyapti, jinoiy iş oçilgan. Jinoiy iş oçilib, uç oy davomida hali tergov ketyapti. Tergov davomida öşa odam, öşa rahbar yana 200 million dollarga korruptsion operatsiya qilib qöygan. Qanday qilib bular bilan murosa qilib böladi?», — degan.

«Daryo» muxbirining maʼlum qilişiça, viloyat rahbari Yakkaboğ tuman xalq taʼlimi tizimidagi korruptsion holat haqida gapirganda aynan kimni nazarda tutayotganini oçiqlamagan.

Zoir Mirzayev Prezident Şavkat Mirziyoyevning viloyatga taşrifi davomida maktablar uçun berilgan 250 milliard söm ham, qöyib berilsa, talon-toroj bölişi mumkinligini gapirgan.

«Prezidentimiz taşrifidan keyin bizga 250 milliard söm mablağ berilayotgani katta masʼuliyat talab qiladi. Bunga halollik kerak, yondaşuv kerak, fidoyilik kerak. Mana, keça maktab tanlaşda şunaqangi narsalarga işonç hosil qildimki, öyin bölib ketgan. U yerda ötirgan hokimlar ham, taʼlimning rayondagi vakillari paxsa maktablarni qoldirib, öyin qilib yuborgan. U narsaga yöl qöyilmaydi», — dedi Zoir Mirzayev.

Manba: Aniq.uz

×