Bugun, 18 dekabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 10:42 da (18.12.2021 yil, Grinviç böyiça 05:42 da) Tojikiston-Qirğiziston çegarasida zilzila sodir böldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qqildi.
Zilzila koordinatalari: 40,09 gradus şimoliy kenglik; 70,09 gradus şarqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Çuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toşkentdan 150 km janubiy-şarqda joylaşgan.
Özbekiston Respublikasi hududia seziliş kuçi:
- Beşariq tumanida 3 ball, 49 km.
- Özbekiston tumanida 2-3 ball, 72 km.
- Bekobod şahrida 2-3 ball, 72 km.
- Furqat tumanida 2-3 ball, 73 km.
- Söx tumanida 2 ball, 83 km.
- Bekobod tumanida 2 ball, 83 km.
- Şirin şahrida 2 ball, 84 km.
- Qöqon şahrida 2 ball, 87 km.
- Danğara tumanida 2 ball, 89 km.









