Sudan ğarbidagi Darfur mintaqasida joriy yilning oktyabr oyidan beri davom etayotgan qurolli töqnaşuvlar oqibatida hozirgaça 199 kişi halok böldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Sudan Tibbiyot qömitasi bergan maʼlumotga köra, qabilalararo töqnaşuvlar Ğarbiy Darfur, Markaziy Darfur va Janubiy Darfur provintsiyalarida sodir bölmoqda.
Qömita mintaqadagi şifoxonalarda ölim holatlarining faqat rasmiy soni qayd etilgani, qurbonlarning haqiqiy soni esa bundan ham köp bölişi mumkinligini taʼkidladi.
Taşkilotning qayd etişiça, ölganlarning bir qismini xavfsizlik nuqtai nazaridan töqnaşuv maydonidan olib çiqib bölmaydi.
Darfur mojarosi Sudanning Darfur mintaqasidagi millatlararo mojaro bölib, markaziy hukumat, hukumatparast arab “Janjavid” guruhlari va mahalliy negroidlar isyonçi guruhlari örtasidagi qurolli töqnaşuv hisoblanadi.









