Toşkentda “Xavfsiz poytaxt” kontseptsiyasi asosida ötkazilgan reyd tadbirlaridan birida özini “xodim” deb taniştirgan şaxs Yöl-patrul xizmati xodimlarini haqoratladi.
“Toşkent” telekanalida eʼlon qilingan lavhada reyd davomida Malibu avtomobili hujjatlarni tekşiriş uçun töxtatilganini köriş mumkin. Avtomobil boşqaruvidagi ayol esa YPX xodimning söroviga javob bermay, telefon orqali tanişlarini çaqirgan.
Qönğiroqdan söng yetib kelgan ikki kişi YPX xodimlarini haqoratlab, ularga tahdid qilişgaça borgan. Ular şuningdek, voqeani tasvirga olayotgan operatorga ham tahdid qilgan.
“Yop kamerangni. Yop, deyapman. Hozir kamerangni sindirib taşlayman-da, qölingga ming dollar beraman. Yangisini olasan. Tasvirga olma, xodimman”, degan ulardan biri.
Biroq yordamçi kuçlar yetib kelgaç, ular heç qanday xodim emasligi oydinlaşgan. Haydovçiga çora körilib, avtomobil jarima maydoniga joylaştirilgan.









