Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro taşkilotlar rahbarlaridan mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan bayram qutlovlari kelmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Özbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan çin yurakdan tabriklayman!
Tarixan qisqa davrda Özbekiston siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erişdi hamda xalqaro maydonda öz nufuzini mustahkamladi.
Qozoğiston bilan Özbekiston örtasidagi munosabatlarni yuksak baholab, bu hamkorlik bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi yölida rivojlanişiga işonç bildiraman.
Mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va işonç munosabatlarini alohida qadrlayman hamda ular mustahkamlanib borişiga umid qilaman.
Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Şavkat Miromonoviç, mustahkam soğlik, masʼuliyatli faoliyatingizga katta zafarlar, qardoş Özbekiston xalqiga esa tinç-farovon hayot va ravnaq tilayman.
Hurmat bilan,
Nursulton NAZARBOYEV,
Qozoğiston Respublikasining Birinçi Prezidenti – Elboşi
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Özbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Mustaqillik yillarida mamlakatingiz muhim yangilanişlar yölini bosib ötib, davlat qurilişida, xalq farovonligini oşiriş va mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlaş borasida katta muvaffaqiyatlarga erişdi.
Köp asrlik döstlik va muştarak tarixga asoslangan Qozoğiston –Özbekiston muloqoti izçil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqçiman. Öylaymanki, bunday muloqot davlatlar örtasida samarali özaro munosabatlarni yölga qöyişda boşqalar uçun ibratdir.
Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz qardoş mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali strategik şeriklikni yanada kengaytirişda muvaffaqiyat kafolati bölişiga işonaman.
Sizga, muhtaram Şavkat Miromonoviç, davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda yangi zafarlar, qardoş Özbekiston xalqiga esa baxt-saodat va ravnaq tilayman!
Hurmat bilan,
Qosim-Jomart TOQAYEV,
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Qadrli qardoşim!
Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va Siz orqali qardoş Özbekiston xalqiga Turkmaniston xalqi va hukumati nomidan hamda şaxsan öz nomimdan samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklarni yöllaş menga şaraf bağişlaydi.
Mustaqillik yillarida qardoş Özbekiston davlatçilikni mustahkamlaş, xalq farovonligini yuksaltiriş va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oşiriş yölida salmoqli muvaffaqiyatlarga erişdi.
Yaxşi qöşniçilik, döstlik va özaro anglaşuv tamoyillariga asoslangan Turkmaniston – Özbekiston munosabatlari xalqlarimiz farovonligi yölida yanada rivojlanişi va mustahkamlanişiga qatʼiy işonaman.
Uşbu qulay imkoniyatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Şavkat Miromonoviç, mustahkam soğlik va baxt-saodat, qardoş Özbekiston xalqiga esa tinçlik, farovonlik va ravnaq tilayman.
Çuqur hurmat bilan,
Gurbanguli BERDIMUHAMEDOV,
Turkmaniston Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Qadrli Şavkat Miromonoviç!
Tojikiston xalqi nomidan va şaxsan öz nomimdan Sizga va birodar Özbekiston xalqiga mamlakatingizning milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy va qizğin tabriklarimni yöllaşdan bağoyat mamnunman.
Özbekiston Respublikasi öz taraqqiyoti yölidan oğişmay olğa borayotgani, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy hayotning turli sohalarida ulkan, hayratlanarli natijalarga erişayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlaş joiz. Şuningdek, Özbekistonning, jumladan, özaro işonç va hurmat tamoyillariga asoslangan konstruktiv mintaqaviy hamkorlik siyosatini faol amalga oşirayotgan davlat sifatida xalqaro nufuzi ortmoqda.
Tojikiston va Özbekistonni döstlik, yaxşi qöşniçilik va ezgu muloqotdan iborat boy tarixiy anʼanalar boğlab turadi.
Yaqin qöşni bölgan xalqlarimiz munosabatlarining bunyodkor asoslarini har tomonlama mustahkamlaş bugun ham Tojikiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişlari orasida asosiy örinni egallaydi.
Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz tufayli davlatlararo şeriklik va barça darajadagi muloqot muvaffaqiyatli kengaymoqda.
Ğoyat samarali tarzda rivojlanib borayotgan azaliy döstlik munosabatlarimiz keyingi yillarda yanada keng tus oldi, ularning strategik şeriklik darajasiga kötarilgani buning yaqqol dalilidir.
Mamlakatlarimiz hamkorligini sifat jihatdan yangi özanga buriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratişda şaxsan Sizning, muhtaram Şavkat Miromonoviç, ulkan hissangizni alohida qayd etmoqçiman.
Işonçim komil, biz bundan buyon ham birgalikda ikki tomonlama munosabatlarimizdagi ulkan salohiyatni işga solib, strategik şerikligimizni yanada mustahkamlaymiz.
Sizga, muhtaram Şavkat Miromonoviç, mustahkam soğlik, barça işlaringizga muvaffaqiyatlar, döst va birodar Özbekiston xalqiga esa musaffo osmon, tinçlik-osoyiştalik va yanada rivoj tilayman.
Hurmat bilan,
Emomali RAHMON,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Şavkat Miromonoviç!
Qirğiziston xalqi nomidan va şaxsan öz nomimdan Sizni va butun Özbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan muborakbod etaman!
Sizning oqilona rahbarligingizda mintaqaviy va xalqaro hamkorlik borasida qilingan qatʼiy qadamlar tufayli Özbekiston Respublikasi jahonda munosib örin egalladi.
Bugun mamlakatlarimiz hamkorligi misli körilmagan darajaga kötarildi. Qirğiziston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasidagi strategik şeriklik, döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlari xalqlarimiz yorqin kelajagi yölida bundan buyon ham rivojlanişi va mustahkamlanib borişiga işonaman.
Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Şavkat Miromonoviç, mustahkam soğlik, davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardoş Özbekiston xalqiga esa yanada ravnaq tilayman.
Hurmat bilan,
Sooronbay JEENBEKOV,
Qirğiziston Respublikasi Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident janoblari!
Özbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini va Sizning timsolingizda butun Özbekiston xalqini şaxsan özim va xalqim nomidan samimiy muborakbod etaman.
Döst va qardoş Özbekiston mustaqillikka erişganidan buyon ötgan vaqt mobaynida – 2017 yilda strategik şeriklik darajasiga kötarilgan munosabatlarimizni muştarak saʼy-harakatlar bilan har tomonlama yanada çuqurlaştirimizga çin yurakdan işonaman.
Strategik hamkorlik oliy kengaşining birinçi yiğilişi ötkazilişi munosabati bilan Sizni va delegatsiyangizni yurtimizda qutlaşdan mamnun bölamiz.
Şu fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, döst va qardoş Özbekiston xalqiga farovonlik tilab qolaman.
Hurmat bilan,
Rejep Tayyip ERDÖĞON,
Turkiya Respublikasi Prezidenti
* * *
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident janoblari!
Sizni va Özbekiston xalqini mamlakatingiz mustaqilligining 28 yilligi bilan çin yurakdan muborakbod etaman.
Özbekiston mustaqillikka erişganidan söng içki va taşqi siyosatda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada qölga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlar katta hurmat-eʼtiborga sazovor.
Siz Janobi Oliylari tomonidan amalga oşirilayotgan siyosiy islohotlar mamlakatda ham, uning taşqarisida ham yuksak eʼtirof etilayotganini alohida taʼkidlamoqçiman. Işonamanki, Sizning rahbarligingizda Özbekiston mamlakat va jamiyatni rivojlantirişda yuqori natijalarga erişişda davom etadi.
Öylaymanki, mening joriy yil aprel oyida Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşrifim mamlakatlarimizning samimiy birodarlik aloqalari bilan boğlanganini yana bir bor tasdiqladi. Şu munosabat bilan yangi, alohida strategik şeriklik darajasiga kötarilgan ikki tomonlama munosabatlarimiz sifatli rivojlanişi uçun yaqin hamkorligimiz davom etadi, deb işonaman.
Janobi Oliylari, Sizga mustahkam soğlik va muvaffaqiyat, Özbekiston xalqiga esa abadiy farovonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Mun Çje IN,
Koreya Respublikasi Prezidenti
* * *
Qutlovlar kelişi davom etmoqda. Manba: ÖzA









