Namanganda 4 farzandning onasiga ön töqqizinçi marotaba sud hukmi öqildi

Namanganda 4 farzandning onasiga ön töqqizinçi marotaba sud hukmi öqildi

Namanganda 34 yoşli ayol ön töqqizinçi marotaba sudlandi. U firibgarlik jinoyatini sodir etgan. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Gumonlanuvçi Dildora (ism-familiyalar özgartirilgan) 1986 yilda Namangan viloyati, Çortoq tumanida tuğilgan bölib, hozirda 4 farzandning yolğiz boquvçisi. U joriy yilning 18 may kuni Farğona şahrida zargar bölib işlovçi Rustamga bir dona ayollar tilla zanjirini sotiş jarayonida, uning eʼtiborsizligidan foydalanib, haqiqiy tilla buyumni misdan işlangan zanjirga almaştirib qöygan. Şu tariqa u Rustamning 2 900 000 söm pullarini qölga kiritib, voqea joyidan qoçib yaşirgan. Dildora xuddi şu tarzda şu kunning özida Farğona şahrida Orasta ismli fuqaroning 3 000 000 söm pulini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.

Bu jarayonga u voyaga yetmagan singlisi Sadoqatni ham jalb qilib, uni Qöqon şaharida yaşovçi taniş ayolning xonadonidagi tilla zanjirlarni firibgarlik yöli bilan mis taqinçoqlarga almaştirib, olib çiqişiga daʼvat etgan. Şu tarzda ular 400 AQŞ dollari miqdoridagi pullarini qölga kiritgan.

Suddan gumonlanuvçining jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni töliq qoplagani, voyaga yetmagan tört nafar farzandlari borligi, oilada yagona boquvçi ekanini inobatga olib, yengillik beriş söralgan.

Sud “Yetkazilgan moddiy zararning örni qoplangan taqdirda ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanilmaydi” deb körsatilgan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 5-qismidagi talablarga rioya qilib, Dildoraga JKning 59-moddasi 3-qismi va 60,61-moddalari tartibida ozodlikni çeklaş va jarima jazolari tayinlaşni lozim topdi.

Şuningdek, Dildoraga soat 21:00 dan ertalab soat 6:00 gaça yaşaş joyidan çiqmaslik, nazorat qiluvçi organning roziligisiz yaşaş joyini özgartirmaslik, yaşaş joyi özgarib qolsa, bu haqda nazorat olib boruvçi organga xabar beriş kabi taqiqlar yuklandi.

×