Toşkent köçalarida bir guruh ijodkorlarning ijod namunalari paydo böldi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmoğida xabarlar tarqaldi.
«Xalq adabiyotdan yiroq degan postlarni öqib qolamiz. Xalqni adabiyotga yaqinlaştiriş uçun aslida nima qildik»,—deya yozadi uşbu iş taşkilotçilari.
Ijara va sotuv böyiça xabarlar yopiştiriladigan joylarga ilingan misralar içida aynan şu mavzuga oidlari ham bor. Bu kuzatuvçilarni beeʼtibor qoldirmasligi aniq.

«Adabiyotni tarğibot qiliş maqsadida Toşkentning köp manzillariga yoş ijodkorlarning 200 ga yaqin şeʼriy misralarini ilib çiqdik. Bizning qölimizdan şu keldi, xolos! Siz-çi? Siz nimaga qodirsiz?! Islohotni özimizdan boşlaylik, zamondoş!»,—deya qöşimça qilingan xabarda.










