Yaqinda Rossiyada ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, TikTok bolalar uçun eng xavfli ijtimoiy tarmoq deb topilgandi. Unda tarqalgan xavfli çellenj haqida vice.com resursi yozmoqda.
Mazkur ahmoqona çellenj Blackout Challenge deb nomlangan bölib, unda kişi TikTok tarmoğida kamera oldida to huşini yöqotguniça özini böğib turadi. Hozirda bolalar va ösmirlar orasida ommalaşib ketgan uşbu xavfli «öyin» tufayli ulardan bir neçtasi halok bölgan.
Xabarga köra, AQŞning özidayoq Blackout Challenge oqibatida kamida tört nafar bola özini nobud qilgan.
Şulardan biri – Oklaxoma ştatidagi 12 yaşar bola öz uyida behuş holda topilgan. U nafas olmasdi, böynida esa özini böğişdan qolgan doğ bor edi. Zudlik bilan kasalxonaga yetkazilganiga qaramasdan, ertasi kuni tongda uning joni uzilgan. Politsiyaning taʼkidlaşiça, uning ölimiga aynan şu çellenj sababçi bölgan.
AQŞdagi şunga öxşaş yana ikkita holat esa Memfis va Kolorado ştatlarida yuz bergan bölib, ularda 9 hamda 12 yaşar bolalar hayotdan bevaqt köz yumgan. Italiyada ham yaqinda bir qiz Blackout Challenge tufayli halok bölgaç, hukumat 13 yoşdan kiçkina bolalarning TikTokda röyxatdan ötişini taqiqlab qöygan.









