Prezident farmonini bajarmagan Qonunçilik palatasi masʼullari ogohlantirildi

Prezident farmonini bajarmagan Qonunçilik palatasi masʼullari ogohlantirildi

Keça, 13 dekabr kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Kengaşida quyi palata yalpi majlislarini töğridan-töğri efirga uzatilişini taʼminlaş masalasi körib çiqildi. Bu haqda “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov maʼlum qildi.

Uning sözlariga köra, efirga uzatişni taşkil qiliş uçun masʼullar jamoatçilik eʼtirozidan töğri xulosa çiqarişi böyiça ogohlantirilgan.

“Haftaning seşanba va çorşanba kunlari, masʼul qömitalar tomonidan qonunlarni yalpi majlisga olib çiqişga tayyor ekanliklaridan kelib çiqib Qonunçilik palatasining yalpi majlisi ötkazilişiga qaror qilindi.

Bugun soat 11:00 dan boşlab, navbatdagi yalpi majlis "Özbekiston" telekanali orqali efirga uzatiladi. Kun tartibiga byudjet, soliq maʼmurçiligi va taşqi mehnat migratsiyasi bilan boğliq muhim qonun loyihalarining muhokamalari kiritilgan”, deydi Qodirov.

Partiya yetakçisi yalpi majlisda keskin tortişuvlarni kam bölişi, deputatlarni eʼtiborsizligi yoki nofaol ekanligi emas, partiya fraktsiya yiğilişlarini qizğin ötgani va deputatlar köp savollariga javob olganini körsatişini taʼkidlagan.

×