Joriy yilning 2 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşiriş, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta köçatlarini ekiş belgilandi. Bunday keng kölamli taşabbusning amalga oşirilişi natijasida şaharlardagi yaşil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oşiriladi.

Ammo oramizda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlariga masʼuliyatsizlik bilan yondaşadigan mutasaddilar ham uçrab turganligi ğoyat açinarli holat. Jumladan, Namangan viloyatining Pop tumanidagi Sang qişloğida köçat ekiş bilan boğliq tarqalgan videolavha qizğin muhokamalarga sabab böldi.
Uşbu lavhada körsatilişiça, Pop tumani böylab olib borilayotgan köçat ekiş işlarida Boğ köça mahallasi mutasaddilari közböyamaçilikka yöl qöygan. Yaʼni, mahalla fuqarolar yiğini xodimlari yöl böyiga göyoki, köçat ekilgandek, jarayonlarni uyali aloqa telefoni apparatida suratga olişadi.
Söngra, daraxt köçatini ötqaziş örniga özlari bilan olib ketişadi. Holat ijtimoiy tarmoq kuzatuvçilari tomonidan keskin tanqid ostiga olindi.
Aniqlanişiça, 2021 yilning 26 noyabr kuni tumanning Sang qişloği hududida joylaşgan “Boğ köça” mahalla fuqarolari yiğini raisi boşçiligida “Meros” köçasida köçat ekiş işlari olib borilgan va aynan mahalla oqsoqolining körsatmasi bilan bu xayrli yumuşga “yuzsizlarça” qaralgan.
Mazkur yoqimsiz holat yuzasidan “Boğ köça” mahalla fuqarolar yiğini raisi Qahramon Oçildiyev, raisning obodonlaştiriş, tomorqa va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari Gullola Usmonova hamda uşbu hududga boğlangan tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi masʼul xodimi Mansurjon Akbarovlarga tegişli çora körilib, ular egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.
Şuningdek, mahallada olib borilgan köçat ekiş işlarini nazoratga olmaganligi uçun tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Erkinjon Asqarovga hayfsan eʼlon qilindi.

Xohlaymizmi yöqmi, bundan buyoğiga yildan-yilga organizmimizda pasayiş holatlari kuzatilaveradi. Sabab, ekologik muhitning yomonligi.
Har yili kasalliklarga qarşi emlaniş odatiy holga aylanadi. Şaxsiy qaraşlarimga köra, bu katta ehtimol bilan fakt. TOŞKENT ulkan harflar bilan alohida ataladi. Çunki, yirik qurilişlar hisobiga son-sanoqsiz daraxtlar kesilib ketdi.
Afsuski, ön yillar davomida unib-ösganlarining örni yetarliça qoplanmadi. Qoplansa ham ular yana öşa darajaga yetguniça ön yil kerak böladi. Daraxt kökartirişning özi muammo.
Toşkentda havo ifloslanganligini, qişloqqa qaytsam darrov sezaman. Sababi, u yerda soat tungi uçda uxlasam ham tonggi beşda uyquga töyib uyğonaman. Havosi toza va miyamga kislarod yaxşi yetib boradi. Toşkentda bölsa, 8 soat uxlasam ham kuni bilan “lanj” bölib yuraman.
Bu ham kamdek kasallikka tez çaliniş xavfi yuqori va oddiy grippning ham tuzalişi öta sekin. Magnitlar böroni degan gaplar yuradi. Qişloqda yiliga bir marta kasal bölgan odam poytaxtga kelsa, bu hol 5 marotabalab kuzatiladi. Afsus.
Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi yil davomida qança daraxt ekilganligi va eng muhimi ularning qançasi köqarib ketganligi töğrisida xalqqa oçiq hisobotlarini berib borişi kerak. Yillik ekilgan köçatlar sonini bilmay ötirmasligi darkor. Negaki, nihollarni QADAB taşlayvergan bilan uni PARVALIŞLAŞ degan joyi ham bor qadrli – qadrlilar…









