Toşkent şahridagi Amiti universiteti talabalari IT-Park tomonidan Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan hamkorlikda ötkazilgan «STUDENTS CUP 2021» tanlovida birinçi örinni qölga kiritdi.
Uşbu tanlov respublika miqyosida bölib, unda jami 20 dan ortiq universitetlardan 40 ta jamoa iştirok etdi. Tanlovda talabalar, özlari tomonidan yaratilgan loyihalarni namoyiş etiş imkoniyatiga ega böldilar. Loyihalarning ustunligi, mohiyati va dolzarb muammolarni hal qiliş uçun yaratilgan imkoniyatlari haqida ham töliq maʼlumotlar berildi.
Jumladan, Amiti universiteti talabalari Mentor.me (mentorlarni talabalar bilan boğlaydigan) platformasini taqdim etgan holda iştirok etişdi va birinçi örin uçun belgilangan 10 000 AQŞ dollari miqdoridagi pul mukofotini qölga kiritdi.
Jamoa tarkibi:
- Abubakr Abduvohidov
- Şahzod Xudoyqulov
- Jamşid Komilov
- Habibullo Abduvohidov
Qad etilişiça, talabalar yaratgan uşbu dastur yuqori baholangan.









