Davlat rahbari 2020 yil 31 yanvar kuni Geologiya fanlari universiteti qurilişiga tamal toşi qöygan edi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Sönggi yillarda geologiya sohasiga katta mablağlar ajratilib, eng ilğor texnologiyalar olib kelindi. Yerosti boyliklarning zaxirasi ham, prognoz resurslari ham köpaydi. Ularni qazib, qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş uçun malakali kadrlar ham zarur.
Şu bois Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan ötgan yili Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti taşkil etilgan edi. Taşrif çoğida davlat rahbari yangi universitetda yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.

– Geologiya iqtisodiyotga suv va havodek zarur. Oxirgi yillarda ilmiy maktablarni tiklab, kadrlar tayyorlaşga eʼtibor qaratayapmiz, eng ilğor ilmiy metodikalarni joriy etib, laboratoriya uskunalarini örnatib, zamonaviy şaroitlar yaratayapmiz. Endi natijaga işlaş kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Hozirgi kunda universitetda bakalavriat böyiça 7 ta va magistratura böyiça 6 ta yönalişdi umumiy 700 nafardan oşiq talaba tahsil olmoqda. Bu yönaliş va mutaxassisliklarni soha ehtiyojiga qarab kengaytiriş közda tutilgan.

Bundan taşqari, 5 yillik tajribaga ega, geologiya sohasida işlab kelayotgan xodimlar uçun taʼlimning sirtqi şakli taşkil etildi.
Davlat rahbari şu yerda talabalar, professor va öqituvçilar bilan suhbatlaşdi.
Loyihaning birinçi bosqiçida öquv binosi, yotoqxona hamda 2 ta ilmiy institut, kutubxona, laboratoriya va geologiya muzeyi binolari qurildi.
Ikkinçi bosqiçda 7 qavatli laboratoriya, 5 qavatli Davlat geologiya qömitasi maʼmuriy binosi, 7 qavatli geologiya fondi va Özbek geologiya qidiruv binosi hamda sport kompleksi quriladi.
Prezident qurilişni sifatli yakunlaş yuzasidan tegişli körsatmalar berdi.
Universitet tarkibida H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş instituti, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi hamda Davlat geologiya muzeyi faoliyat yuritadi.









