Hokimlarni xalq saylaşi kerak. Şu kunlarga baribir kelamiz – Prezident

Hokimlarni xalq saylaşi kerak. Şu kunlarga baribir kelamiz – Prezident

Özbekistonda birinçi marta tuman va şaharlardagi iqtisodiy körsatkiçlar, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalaniş darajasi örganildi va tahlillar asosida ulardagi tadbirkorlik rivoji holati “yaxşi”, “örta” va “qoniqarsiz” hududlarga ajratildi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 24 sentyabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida aytib ötildi.

Xususan, 48 ta tuman va şahardagi holat “yaxşi”, 119 tasida “örta” hamda 33 tasida “qoniqarsiz” deb topilgan.

Videoselektor yiğilişida uşbu tahlillar asosida joylardagi muammolarni hal etiş, körsatkiçlari nisbatan past bölgan hududlarga kömaklaşiş çoralari muhokama qilindi. Prezident hokimlarni xalq saylaşi kerakligini yana bir eslatib ötdi.

Iqtisodiy kompleksga kiruvçi vazirlik va muassasalar “tadbirkorga xizmat qiluvçi” taşkilotga aylanişi zarurligi taʼkidlandi. “Qoniqarsiz” deb baholangan tuman va şaharlarning salohiyatini yuzaga çiqariş, “yaxşi” hududlarning tajribasini ommalaştiriş muhimligi qayd etildi.

Misol uçun, Samarqand tumanida hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 1,1 trillion sömni taşkil etib, aholi jon boşiga 4,5 million sömdan töğri kelgan. Bu Samarqand  viloyatidagi eng yuqori körsatkiçdir. Şuningdek, 508 ta tadbirkorlik subʼekti taşkil etilib, yangi iş örinlarining 71 foizi kiçik biznesda oçilgan. Mahalliy byudjet tuşumlari sönggi uç yilda 2 baravar ortgan.

Şuningdek, Qamaşi tumanida sönggi uç yilda 802 ta yangi tadbirkorlik subʼekti taşkil etilib, işlamayotgan 132 ta korxona qayta tiklangan. Eksport hajmi ötgan yilgiga nisbatan 1,5 barobar oşgan.

Aksinça, Nukus, Baliqçi, Bekobod, Xovos, Baxmal, Mirzaçöl, Yangiqörğon, Şovot, Kasbi, Qumqörğon, Uçtepa kabi tumanlardagi ahvol qoniqarsiz. Aslida ularda ham yetarliça salohiyat va infratuzilma bor.

Masalan, Qumqörğon tumani tadbirkorlik körsatkiçlari böyiça Surxondaryo viloyatida eng oxirgi örinlardan birida. Lekin u yerda 124 ming gektar yaylov va 48 ming gektar oborotdan çiqqan yer bor. Ulardan samarali foydalaniş böyiça loyihalar işlab çiqilmagan.

Bekobod tumanida ham kiçik biznes uluşi respublikadagi eng sönggi örinlardan birida. Tumanda yiliga 10 ming tonna paxta, 100 ming tonna don yetiştirilsa-da, qayta işlanmaydi.

“Odamlarimiz turmuşini yaxşilaşga harakat qilmagan rahbar bir kun ham işlamaydi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

“Qoniqarsiz” hamda “örta” deb baholangan tuman va şaharlarda inqirozga qarşi boşqaruv tizimi joriy etilişi belgilandi. Yaʼni, ularga rahbarlik qiliş istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantiriş dasturini mahalliy kengaşlarda himoya qilişi mumkin. Xalq vakillarini işontira olgan salohiyatli kişilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi.

“Hokimlarni xalq saylaşi kerak. Şu kunlarga baribir kelamiz”, deya taʼkidladi Prezident.

×