Namangan viloyati hokimi bir guruh tibbiyot mutaxassislarga tölov sertifikatlari topşirdi

Namangan viloyati hokimi bir guruh tibbiyot mutaxassislarga tölov sertifikatlari topşirdi

Bugun Namangan viloyati hokimi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Şavkat Abdurazzoqov viloyatda soğliqni saqlaş tizimida faoliyat olib borayotgan faollar bilan uçraşdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali majlislar zalida keçgan muloqotda aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oşiriş borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlar, soha işini yanada rivojlantiriş istiqbollari va mavjud muammolarni hal etiş yöllari xususida fikr yuritildi.

Viloyat rahbari uçraşuv avvalida soğliqni saqlaş sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa tibbiyot moddiy-texnik imkoniyatlarini rivojlantiriş borasidagi xayrli işlar, xorijlik hamkorlar bilan röyobga çiqarilişi közda tutilayotgan loyihalar haqida gapirib berdi.

Muloqot nihoyasida xorijiy davlatlar, ayniqsa Rossiya Federatsiyasi, Turkiya va Gruziyadagi yetakçi tibbiyot markazlariga tajriba almaşişga yuborilayotgan bir guruh yoş mutaxassislarga tölov sertifikatlari tantanali ravişda topşirildi.

×