Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti bionanotexnologiya, mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasi boşliği Sergey Netesov koronavirusning “omikron” ştammini avvalgi ştammlardan tafovutlovçi “noodatiy” simptomlarini maʼlum qildi.
Mutaxassisning taʼkidlaşiça, yangi ştamm bir qator “qiziq” simptomlarga ega. Bunday simptomlar orasida tez-tez aksiriş, tomoqda açişiş va burun oqişi bor. Olimning taʼkidlaşiça, bu alomatlar virusning Uhanda qayd qilingan variantiga xos bölmagan.
Mutaxassis “omikron”ning aksariyat simptomlari boşqa ştammlarnikiga nisbatan “yumşoqroq” ekanini qöşimça qilgan. Şu bilan birga, Netesov yangi ştamm haqidagi maʼlumotlar afrikalik şifokor kuzatuvlaridan olingani va boşqa davlatlar beradigan maʼlumotlarni kutiş kerakligini taʼkidlab ötgan.
“Uşbu ştamm “delta” ştammini siqib çiqarişi mumkin”, deb taxmin qilgan virusolog va “omikron” bilan kasallanganlarning barçasi koronavirusga qarşi emlanmagan bölganini qöşimça qilgan.









