Madriddagi Gregorio Maranona universiteti şifoxonasi maʼlumotlariga köra, Ispaniyada koronavirusning yangi «Omikron» ştammi bilan boğliq birinçi holat qayd etildi.
«Madriddagi Gregorio Maranona şifoxonasi mikrobiologiya xizmati Ispaniyada omikron variantining birinçi tasdiqlangan holati haqida xabar berdi. Gap Janubiy Afrikadan kelgan sayohatçi haqida bormoqda», — deyiladi şifoxona xabarida. Şuningdek, ular «bemor özini yaxşi his qilmoqda» deya aniqlik kiritişgan.









