AQŞ davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Viktoriya Nulandning, Moskva SSSRni qayta tiklaşga intilayotgani töğrisidagi bayonotidan ortidan Kreml rasmiy izoh bilan çiqdi.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga köra, SSSRni qayta tiklaş imkonsiz. Çunki sobiq Sovet Ittifoqi hududida mustaqil suveren davlatlar allaqaçon şakllanib ulgurgan, iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib va muvaffaqiyatli rivojlanib bormoqda. Ular bir-biriga hurmat, işonç va bir-birining içki işlariga aralaşmaslik siyosatini yuritmoqda.
“Nuland xonim, Rossiya va sobiq Sovet davlatlarining bugungi holati haqida juda yaxşi malumotga ega. Işonçim komilki, u biz va boşqa ekspertlar singari yaqqol ayon bölib turgan SSSRni qayta tiklaş imkoniyati umuman mavjud emasligini yaxşi anglab yetadi”, deya takidladi Peskov bugun, 8 dekabr kuni jurlalistlar bilan ötkazgan muloqotida.
“Bundan taşqari, turli xil iqtisodiy rivojlaniş darajasiga ega sobiq Sovet davlatlari örtasidagi özaro yaqin hamkorlik riştalari uzoq tarixga egaligi va hozirgi kunga kelib yanada mustahkamlanib borayotganini Nuland xonim juda yaxşi bilişiga işonçim komil. MDH, YEOII hamda Rossiya va Belarus, Davlarlar Ittifoqi kabi oliy darajadagi hamkorlik va hamdöstlik taşkilotlarining heç biri SSSRni qayta tiklaşga uriniş maqsadida tuzilmagan”, deya qöşimça qiladi u öz bayonotida.
Maʼlumot örnida, 1991 yil avgust oyiga kelib davlatlar orasidagi uzaro içki nizolar va mustaqillikka erişiş ruhining kuçayişi oqibatida SSSR zaiflaşib, parçalaniş yoqasiga kelib qoldi. Şunday vaziyatda Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar öz mansab va imtiyozlarini saqlab qoliş maqsadida 1991 yil avgust oyida Favqulodda holat davlat qömitasi (GKÇP)ni tuzib, davlat töntarişini amalga oşirişga urinib kördi. Ammo bu uriniş barbod böldi. Uşbu fitnalar ortidan Mixail Garbaçyov prezidentlikdan isteʼfo berdi va SSSR örnida yangi davlat tuzilgani elon qilindi. Bu Rossiya Federatsiyasi edi. Özbekiston ham boşqa mamlakatlar qatori 1991yil 31 avgustda öz mustaqilligini elon qildi. Ozarbayjon, Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston 1991 yil 21 dekabrda Olma-otada imzolangan Deklaratsiyada MDHni tuziş töğrisidagi Bitimga qöşildilar. 1993 yil Gruziya ham MDHga qöşildi. 1991 yil 25 dekabrda SSSR xalqaro huquq subʼekti sifatida barham topdi.









